Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Koreyaning AHA kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Ku Gi Doni qabul qildi.
Uchrashuvda AHA kompaniyasi tomonidan rejalashtirilayotgan Farg‘onada elektromobillarni quvvatlash jihozlari ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.
AHA kompaniyasi Farg‘onada investitsion loyihasini amalga oshirishga kirishmoqda. Loyiha ekoshahar hududida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasi hududida joylashtirilishi rejalashtirilmoqda.
Viloyat hokimi elektromobillar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash orqali havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini qisqartirish bugungi kun davlat siyosatida muhim o‘rin tutayotganini ta’kidlab, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga ko‘mak berilishi va qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.
AHA kompaniyasi investitsiyalari hisobiga Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida tashkil etilgan korxonada ishlab chiqarilayotgan suyuq kristalli elektron doskalar Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga, jumladan, O‘zbekistonga ham eksport qilinmoqda. Xayrullo Bozorov kompaniya boshqaruv kengashi raisiga Farg‘onada ham elektron doskalar ishlab chiqarishni tashkil etishni taklif qildi.
Izoh (0)