Uzbekistan Airports rahbariyati Oman Air aviakompaniyasi vitse-prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi.
Ma'lum qilinishicha, Toshkentda Uzbekistan Airports kompaniyasi boshqaruvi raisi Raʼno Jo‘rayeva va Oman Air aviakompaniyasi vitse-prezidenti Xolid Abdulvahob al Balushiy o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Maskat (Ummon poytaxti) va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida ikki tomonlama aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralarda ham yo‘lovchi, ham yuk havo transporti masalalari muhokama qilindi.
Oman Air — bosh qarorgohi Maskatda joylashgan Ummonning asosiy aviatashuvchisi. Aviakompaniya muntazam ichki va xalqaro yo‘lovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarni amalga oshiradi.
Izoh (0)