• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    San’at institutiga kirolmagan, dahshatli avariyaga uchragan va kirakashlik bilan ro‘zg‘or tebratgan Dili.me 24 yoshda (foto, video)

    Instagram’da Dili.me nomi bilan tanilgan vayner Dilshod Nazarov bu yil 24 yoshni qarshilaydi. Hayotda ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirgan va qisqa vaqtda mashhurlikka erishgan Dilshod Nazarov haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar bisyor.

    “Xonanda bo‘lishni istagandim”

    Dilshod Nazarov san’atdan butunlay yiroq bo‘lgan insonlar oilasida dunyoga kelgan. Uning opasi, uka va singlisi bor. Bolalikdan san’atga qiziqqan Dilshod Nazarov qo‘shiqchi bo‘lishni orzu qilgan. Maktabni bitirgan yili poytaxtdagi estrada va sirk kollejining vokal yo‘nalishiga hujjat topshiradi. Ammo ovozidagi bo‘g‘ilish sabab uni bu yo‘nalishda o‘qishga qabul qilishmaydi.

    Foto: Instagram / @dili.me

    — Oila a’zolarim soliq sohasida ishlashimni xohlashgan. Ammo men qo‘shiqchi bo‘lishni istaganman. Kollejga hujjatlarimni topshirganimda ustozlar “Ovozingda shamollash bor, ijodiy imtihonga kiritishmaydi”, deyishgan. Davolanib, bir oydan keyin imtihon topshirganman. Ammo baribir vokal yo‘nalishiga qabul qilishmagan, shundan so‘ng aktyorlik bo‘yicha o‘qishga majbur bo‘lganman, — deydi Dilshod Nazarov.

    “Ishlashga majbur edim”

    Dilshod Nazarov oilasidagi moliyaviy qiyinchiliklar sabab 17 yoshidan mustaqil pul topishga va ota-onasiga ko‘maklashishga qaror qilgan. U kollejni tamomlagan yili “Tantana” bolalar studiyasiga o‘qituvchi sifatida ishga qabul qilingan.

    Foto: Instagram / @dili.me

    — Oilada to‘rtta farzandmiz, dadam bir umr davlat ishida ishlagan. Faqat oylik bilan ro‘zg‘or tebratish oson emas. “Tantana”da drama aktyorligidan dars berardim. Topgan pulim u qadar katta bo‘lmasa-da, u yerdagi faoliyatim sabab ko‘p konsertlarda ishtirok etganman. Kollejni tamomlab san’at institutiga hujjat topshirganman. Mahoratimga ishonardim, ammo ijodiy imtihon va test natijalari kutganimdek bo‘lmagan. Birinchi yil yiqilgach, tushkunlikka tushib qolganman, — deydi Dilshod Nazarov.

    “Tirikchilikning aybi yo‘q”

    Dilshod Nazarov vaynerlik faoliyatini boshlagunga qadar taksi haydovchisi bo‘lgani va ovqat tashish bilan shug‘ullanganini yashirmaydi.

    Foto: Skrin

    — Pul topish kerak, tirikchilikning aybi yo‘q, deb har qanday ishni qilaverardim. Kunduzi kirakashlik, kechga yaqin esa ovqat tashish xizmatida ishlardim. Orada to‘ylar chiqsa, disk qo‘yish bilan ham shug‘ullanardim. Kuniga uzog‘i 100-150 ming so‘m pul topardim. 50 ming so‘mga benzin olsam, 100 mingni ro‘zg‘or uchun sarflardim. Ishga chiqmagan kunim ro‘zg‘orimiz uchun katta yo‘qotish bo‘lardi, — deydi bloger.

    “Uch yil ham san’at institutiga kirolmaganman”

    Dilshod Nazarov san’atkor bo‘lish umidida uch marta O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hujjat topshiradi. Ammo birorta urinishi muvaffaqiyatli kechmaydi.

    Foto: Instagram / @dili.me

    — Kutubxonachilik yo‘nalishiga hujjat topshirishimni aytishgan. Chunki u fakultetda kirish ballari ancha past bo‘lar ekan. Ammo “O‘qisam aktyorlik bo‘yicha o‘qiyman, bo‘lmasa kerak emas”, deb boshqa yo‘nalishda o‘qishni istamaganman. O‘ylab qarasam, yaxshi hamki institutga qabul qilishmagan ekan. Agar institutda o‘qiganimda, bugungi natijalarga erisholmagan bo‘larmidim, — deydi Dilshod Nazarov.

    “Pul berib, serialda rol ijro etganman”

    Dilshod Nazarov “konfet” aktyor sifatida serialda suratga tushganini kulib eslaydi.

    — Tan olaman, taksichilik qilib yurgan paytlarimda bitta tanishim serial olinayotgani haqida aytib qolgan. “Bedor tuyg‘ular” nomli serialda sotuvchi yigit rolini ijro etganman. Bu rolda suratga tushishim uchun 100 ming so‘m berganman. Ammo serial qaysi kanalda namoyish etilganini ham bilmayman, — deydi bloger.

    “Mashinam bir necha marta ag‘darilgan”

    Dilshod Nazarov mudhish avtohalokatga uchragani va haligacha o‘sha yo‘ldan o‘tsa, yuragi tez urib ketishi haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @dili.me

    — Ko‘k Spark rusumidagi mashinam bor. U bilan juda ko‘p sarguzashtlarni boshdan kechirganmiz. Gangadagi ko‘prikka chiqayotganimda xayolimga pastda yo‘l-patrul xizmati xodimlari bo‘lsa kerak, degan o‘y keldi. Shoshib, xavfsizlik kamarini taqib oldim. Oradan hech qancha masofa yurmaganimdan keyin ortimdan mashina kelib urildi. Zarbning kuchidan mashinam 3-4 marta ag‘darilib ketdi. Birinchi videoyim ana shu bo‘lgan. Avtohalokat bilan bog‘liq video barcha Telegram kanallarida tarqalgan. Yaxshi hamki, xavfsizlik kamarini taqqan ekanman, bo‘lmasa ahvolim yanada yomonlashishi mumkin edi, — deydi Dilshod Nazarov.

    “Bitta to‘yda 30-40 ming berishardi”

    Avtohalokat sodir bo‘lgan paytda u Yulduz Usmonovani to‘ylarda parodiya qilib yuradigan Rustamxo‘ja Usmonovning jamoasida disk qo‘yish bilan ham shug‘ullanardi. Avtohalokatga uchragach, jamoani tark etishga qaror qildi.

    Foto: Instagram / @dili.me

    — Disk qo‘yganim uchun ko‘p pul olmasdim. Bitta to‘yda 30-40 ming so‘m pul berishardi. Ammo bu ishda ham o‘zimni sinab ko‘rganman. Odam ishlashdan og‘rinmasligi kerak ekan. Hayotdagi har bir voqea insonga dars bo‘lar ekan, — deydi bloger.

    Karantin davri omadli keldi

    Boshqa blogerlar singari Dilshod Nazarovga ham karantin davri omadli keldi. U ham shunchaki zerikish sabab video olib, ijtimoiy tarmoqqa joyladi. 

    — Bloger va vayn sohalari nima ekanligini deyarli bilmasdim. Undan pul topish mumkinligi esa xayolimga ham kelmagan. Taksichilik qilolmay qolgan kunlarim bo‘sh vaqtim juda ko‘p bo‘lardi. Shunda raqs tushib, tarmoqqa joylash istagi paydo bo‘lgan. Birinchi videoyimda shunchaki raqs tushganman. Yaxshi ko‘rilgan, ammo tanqid qilganlar ham ko‘p bo‘lgan. “O‘g‘il bolaga yarashadigan ish qilsang bo‘lmaydimi?” deyishganidan keyin hazil vayn olish haqida o‘ylaganman. O‘sha paytda giv musobaqalari rosa ko‘paygan payt edi. Onamdan dadamning kostyum-shimlarini berib turishlarini so‘rab, hazil video olganman. Video bir kechada 100 ming marotaba tomosha qilingan, — deydi bloger.

    Tadbirkorlikda ham omadi keldi

    Dilshod Nazarov hozirgi kunda nafaqat vayn va blogerlik, balki tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanadi. Uning to‘yxonasi, restorani va do‘konlari bor.

    Dili.me shunchaki “Dilshodman” degani

    Uni Dili.me taxallusini tanlashi bejiz emas. Chunki bolalikdan do‘stlari uni Dili deb ismini qisqartirib chaqirishgan. Ijodkorning aytishicha, Dili.me “Dilshodman” nomining qisqartmasi ekan.

    Tergovga tortilish sababi

    Foto: Instagram / @dili.me

    Mart oyida uning bezorilik qilgani va kuyoviga yetkazgan tan jarohati sabab unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo bloger oilaviy kelishmovchilik qanday yechim topgani haqida ma’lumot bermadi.

    26.04.2023, 22:00   Izoh (0)   27507
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Garri Potter” filmi yulduzi Deniel Redkliff ilk marta ota bo‘ldi (foto)

    26.04.2023, 19:41

    Olimlar to‘tiqushlarga bir-biriga videoaloqa orqali qo‘ng‘iroq qilishni o‘rgatdi va bu ularga juda yoqdi (video)

    26.04.2023, 18:15

    “Yerdagi otalar”ga aylangan “Osmondagi bolalar”. Zulfiqor Musoqovning 21 yil kutilgan filmi taqdimotidan reportaj (video) 

    26.04.2023, 16:30

    “Yarim kechasi sahnada ustoz san’atkorlarning ruhi kezib yuradi”. Muqaddas Xoliqova va Zuhra Ashurova milliy teatrdagi mistik voqealar haqida (video)

    26.04.2023, 12:30

    O‘qituvchi bo‘lishni orzu qilgan merosxo‘r: Xitoyning eng boy ayoli kim va u nima bilan shug‘ullanadi?

    26.04.2023, 10:38

    “San’atning narxi ming so‘mga tushdi”. Alisher Uzoqovni xavotirga solayotgan holat, Ruxshonadan ogohlantirish. Instagram yangiliklari 

    25.04.2023, 22:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.