“Garri Potter” kinokartinasi yulduzi Deniel Redkliff va uning sevgilisi, aktrisa Erin Dark ilk marta farzandli bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Film.ru” nashri.
![](/static/nasiba/photo_2023-04-26_16-04-35.jpg)
Paparatssilar Nyu-Yorkda bolalar aravachasini sudrab ketayotgan juftlikni suratga olgan. Hozircha bolaning ismi va jinsi ma´lum qilinmagan. Redkliff va Dark birinchi marta 2012-yilda “Yaqinlaringizni o‘ldiring” biografik dramasida tanishgan.
![](/static/nasiba/photo_2023-04-26_16-08-31.jpg)
Redkliffning ota bo‘lishi haqidagi xabarni uning matbuot kotibi mart oyida tasdiqlagan edi. Britaniyalik aktyor yaqinda “G‘alati: Al Yankovich hikoyasi” biografik filmida suratga tushdi va biopik “Oltin globus” va BAFTA nominatsiyalariga sazovor bo‘ldi.
![](/static/nasiba/photo_2023-04-26_16-11-06.jpg)
Ma’lumot uchun, Deniel Redkliff 1989-yilning 23-iyul sanasida Buyuk Britaniyada tug‘ilgan. Aktyor yozuvchi Joan Rouling asarlari asosida suratga olingan “Garri Potter” filmi qismlarida bosh rolni ijro etganidan keyin dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi va 2009-yilda u Ginnesning rekordlar kitobiga o‘n yillikning eng ko‘p gonorar oluvchi aktyori sifatida kiritildi.
Aktyor Gollivudning Shon-shuhrat xiyobonida o‘z yulduziga ega. U kinodagi faoliyati davomida “Garri Potter” filmining bir nechta qismlarida, “Jungli”, “Xavfli topshiriq”, “Pretoriyadan qochish” va yana ko‘plab kinokartinalarda rol ijro etgan.
Izoh (0)