Farg‘ona shahrida savdo do‘konidan 960 dollarlik 6 dona avtomashina rulini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, fuqaro M.S. IIBga murojaat qilib bu haqda maʼlum qilgan. U o‘z murojaatida 10-aprel kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs Bahor ko‘chasida joylashgan savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerda bo‘lgan umumiy narxi 960 dollarlik 6 dona avtomashina rulini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni K.M sodir etgani aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida bozorda ayollar ko‘ylaklarini o‘g‘irlagan erkak ushlangan edi.
Izoh (0)