• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    APLda hayot-mamot jangi. “Arsenal” safarda “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tushadi

    Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi 26-aprel tunida tom ma’noda o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetadi. Boisi, turnir yetakchisi bo‘lib turgan, oxirgi paytlarda o‘ziga o‘xshamayroq harakat qilayotgan “Arsenal” safarda, “Etihad” stadionida shiddat bilan uni quvlab kelayotgan, dahshatli formada bo‘lib turgan “Manchester Siti”ga qarshi bahs olib boradi. Quyida ushbu uchrashuvga oid ma’lumotlar va qiziqarli faktlar taqdim etiladi.

    Foto: Getty Images

    “Arsenal” 5 ochko oldinda, lekin “Manchester Siti”ning zaxirasida 2 ta o‘yin bor

    21-aprel oqshomi musobaqa jadvaliga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Yetakchi “Arsenal” 20-o‘rindagi “Sauthempton”ga qarshi bahsda 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Bu esa “kanonirlar”ning ketma-ket uchinchi durangi edi va ikkinchi o‘rindagi “shaharliklar”ni o‘ziga ancha yaqinlashtirib qo‘ydi. Endi “Arsenal” uchun Manchesterdagi bahsda faqatgina g‘alaba zarur.

    “Manchester Siti” esa Angliya Kubogidagi ishtiroki tufayli uik-enddagi turni o‘tkazib yubordi. Pep Gvardiola jamoasi Kubok yarim finalida “Sheffid Yunayted”ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda esa Manchester derbisini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

    “Manchester Siti”ning qoldirilgan tur o‘yinlari (“Vest Hem” va “Brayton”) keyinroq bo‘lib o‘tadi. 

    Hozirda “Arsenal”da 75 ochko mavjud, “Manchester Siti”da esa 70 ochko. Manchester klubida ikkita o‘yin zaxirada ekanligini unutmaslik lozim. 

    Foto: Getty Images

    “Arsenal”ning g‘alabasidan boshqa istalgan natija “shaharliklar”ga ustunlik taqdim etadi

    • Musobaqa yakunida ochkolar teng bo‘lib qolsa, qo‘shimcha natijalarga qaraladi: 
    • Urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar farqi — hozircha “Siti”da ustunlik (+50 ga +43);
    • Urilgan gollar — unda ham “shaharliklar” yetakchi (78 ga 77);
    • O‘zaro o‘yinlardagi ochkolar — “Siti” safarda 3:1 hisobida g‘alaba qozongan;
    • O‘zaro o‘yinlarda mehmondagi gollar;
    • Agar shunda ham tenglik yuzaga kelsa, jamoalar neytral maydonda “Oltin gol” uchun bahslashadi.

    Taqvim: “Arsenal” safarda “Nyukasl”ga, o‘z uyida “Brayton”ga qarshi o‘ynaydi, “Man Siti”da esa “Chelsi” bilan o‘yin bor

    Londonning “Chelsi” klubi ham chempionlik poygasiga ta’sir qilishi mumkin. “Aristokratlar” ikkala jamoaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

    Foto: “Daryo”

    Murabbiylarning o‘yin oldidan fikrlari

    Mikel Arteta: “Manchester Siti” ustidan g‘alaba qozonsakgina maqsadga erishishimiz mumkin

    Foto: Getty Images

    “Ha, juda og‘ir oqshom bo‘ladi, lekin bu biz uchun ajoyib imkoniyat. 

    Boshidanoq Premyer Ligada chempion bo‘lishni xohlasak “Tottenhem” va “Chelsi”ga qarshi safar bahslarini yutishimiz kerakligini bilardik. Bu ishni uddaladik. Endi “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda ham vazifani bajarish lozim.

    Chempionlikni xohlasang, ushbu o‘yinlarda zafar quchishing kerak. Barchasi oddiy”. 

    Pep Gvardiola: “Arsenal” uchun har bir o‘yin finalga teng

    Foto: Getty Images

    “Avvalroq ham aytgandim, agar mavsum oxirrog‘ida bitta o‘yinda yutqazsak ham, barchasi tugaydi. Oktabr yoki noyabr oylarida bunday vaziyatga duch kelsang, bu yomon emas. Ayniqsa, ketma-ket APL chempionligini qo‘lga kiritganingdan keyin.

    APLdagi birinchi mavsumimizda har bir o‘yinda finalda maydonga tushayotgandek bo‘lardik. Har bir o‘yin finaldek edi. Buni juda yaxshi eslayman. Hozir “Arsenal”ga qarab xuddi shunday hislarni tuyayotganini sezish mumkin. 

    Oxirgi oylarda biz nafaqat APL, balki Chempionlar Ligasi va Angliya Kubogida ham o‘yinlar o‘tkazyapmiz.

    Hozir vaziyat bizning ham, “Arsenal”ning ham qo‘lida. Agar ular g‘alaba qozonsa, vaziyat nazorati to‘liq ularga o‘tadi. Agar biz yutsak, barchasi o‘zimizga bog‘liq bo‘lib qoladi. Biroq unutmaslik kerak, oldinda hali 7 ta o‘yin bor. Ushbu bahs — muhim, lekin hal qiluvchi emas. Chunki oldinda qiyin o‘yinlar kutib turibdi”.

    “Manchester Siti” va “Arsenal” o‘rtasidagi bahs 26 dan 27-aprelga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi. 

    26.04.2023, 17:18   Izoh (0)   6026
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Chelsi” keyingi bosh murabbiy borasida bir qarorga keldi

    26.04.2023, 16:26

    CAFA Nations Cup—2023 musobaqasiga qur’a tashlandi

    26.04.2023, 14:24

    Jahon futbolidagi eng keksa o‘yinchi Kadzuyoshi Miura o‘zining 16-klubida debyut qildi

    26.04.2023, 13:22

    “Real” uchun eng noqulay raqib, 76 yillik an’anani buzgan argentinalik. “Jirona” — “Real” o‘yiniga oid raqam va faktlar

    26.04.2023, 11:49

    “Yuventus” Yevrokuboklardan chetlatilishi mumkin 

    26.04.2023, 09:21

    La Liga. “Real” 6 ta gol urilgan o‘yinda katalon klubiga mag‘lub bo‘ldi (video)

    26.04.2023, 01:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.