O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini raqamlashtirishda geaxborot va SCADA tezkor dispetcherlik boshqaruv tizimlari joriy qilinadi.
Suv sifati va xavfsizligi monitoringi uchun Water Lab axborot tizimi joriy etilib, respublika bo‘ylab ichimlik suv sifatini nazorat qilish imkoniyati sezilarli darajada kengaytirildi.
Bundan tashqari, iste’molchilarga ko‘rsatiladigan davlat hamda qo‘shimcha xizmatlarning sifat jixatdan yanada yaxshilanish maqsadida, “Suvo‘lchagich xizmati” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.
Bugungi kunda AQSHning Nobel Systems kompaniyasi tomonidan ajratilgan grant mablag‘lari asosida Chirchiq shahrida IOT asosida ichimlik suvi tarmoqlaridagi bosimni masofadan nazorat qilish jarayonlarini raqamli formatga o‘tkazishni ta’minlaydigan “Raqamli suv ta’minoti korxonasi” tizimini joriy etish bo‘yicha pilot loyihasi amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)