Toshkent shahridagi qurilish korxonalarining birida ishlaydigan yigit o‘z rahbari tomonidan kaltaklandi. Bu haqda “Millar”da xabar berildi.
Xabarga ko‘ra, yigit birga ishlaydigan sheriklari bilan tortishib qolgan va o‘rtada janjal sodir bo‘lgan. Ushbu vaziyatda ularning rahbari yigitni aybdor deb, kaltaklagan. Shundan so‘ng yigit xushini yo‘qotgan. O‘ziga kelgan vaqtda tez yordamga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lganida rahbari qarshilik ko‘rsatgan, hech qayoqqa ketib qolmasligi uchun pasportini ham olib qo‘ygan.
Jabrlanuvchini uning do‘stlari shifoxonaga olib borgan. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bemorda yumshoq to‘qimalarning lat yeyishi va o‘ng tizza bo‘gimi bilan bog‘liq tashxis qo‘yilgan. Hozirda uning holati qoniqarli.
Izoh (0)