Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 22,86 so‘mga tushib, 11 402,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 53,62 so‘mga ko‘tarilib, 12 577,56 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,05 so‘mga pastlab, 139,94 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi 8,70 so‘mga ko‘tarilib, 11 424,87 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro ham oshib, 12 523,94 so‘m, rubl ko‘tarilib, 139,99 so‘mga teng bo‘lgandi.
Izoh (0)