Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri va uning ikki nafar o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda “Kknews.uz” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Axmet Narimbetov maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlangan. U bunga qadar Qoraqalpog‘iston xalq taʼlimi vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, Gulzira Baxiyeva maktabgacha taʼlim bo‘yicha, Nursuliu Baltabayeva esa tarbiyaviy ishlar va ixtisoslashgan muassasalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil dekabr oxiridagi farmoni bilan Hilola Umarova maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan edi. Shu yilning 24-mart sanasida bo‘lsa Agrippina Shin maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 1-o‘rinbosari — Maktabgacha ta’lim agentligi direktori etib tayinlandi.
Izoh (0)