Futbol bo‘yicha Germaniya va Ukraina terma jamoalari o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Har ikki mamlakat futbol assotsiatsiyalari mazkur o‘yin bo‘lib o‘tishini tasdiqladi. O‘rtoqlik maqomidagi xayriya o‘yini 12-iyun kuni Bremendagi “Vezershtadion”da bo‘lib o‘tadi. Bu Germaniya terma jamoasi tarixidagi 1000-o‘yin hisoblanadi.
Ukraina futbol assotsiatsiyasini prezidenti Andrey Pavlenkoning ma’lum qilishicha, o‘yindan tushgan mablag‘ Ukrainadagi harbiy harakatlar oqibatida jabr ko‘rganlarga taqdim etiladi.
Xalqaro maydondagi 1000-o‘yin — bu tarix va biz uni tinchlik o‘yini orqali nishonlamoqchimiz. Bizning jamoa o‘z faoliyati davomida ko‘plab muhim o‘yinlarni o‘tkazgan. Bu yubileyni Ukraina bilan birga nishonlayotganimiz va Ukraina uchun o‘tkazayotganimizdan faxrlanamiz, — deydi Germaniya futbol federatsiyasi prezidenti Bernd Noyendorf.
Germaniya, shuningdek, iyun oyidagi FIFA kunlarida Polsha (16-iyun) va Kolumbiyaga (20-iyun) qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Izoh (0)