Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) milliy terma jamoalar o‘rtasida ilk bora o‘tkaziladigan musobaqada ishtirok etadigan jamoalar nomini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mezbonligida o‘tadigan turnirda 7 ta terma jamoa ishtirok etadi (OFKga a’zo Markaziy Osiyo vakillari va mehmon Ummon terma jamoasi). Jamoalar FIFA reytingidagi o‘rniga qarab to‘rtta savatchaga ajratilgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1-savatchadan joy olgan va A guruhidagi o‘yinlarga mezbonlik qiladi.
1-savatcha
- Eron
- O‘zbekiston (A guruhi mezboni)
2-savatcha
- Qirg‘iziston (B guruhi mezboni)
- Tojikiston
3-savatcha
- Turkmaniston
- Afg‘oniston
4-savatcha
- Ummon
A guruhidagi o‘yinlar 11, 14 va 17-iyun kunlari o‘tkaziladi. B guruhidagi bahsda 10, 13 va 16-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Guruhlarda birinchi o‘rinni olgan jamoalar finalda, ikkinchi o‘rin egalari uchinchi o‘rin uchun bahsda ishtirok etadi. Har ikki o‘yin 20-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaga 26-aprel kuni qur’a tashlanadi.
Avvalroq Rossiya terma jamoasi ham mehmon sifatida taklif etilgani, biroq Rossiya futbol ittifoqi bu taklifga rad javobini bergani xabar qilingandi.
Izoh (0)