Samarqand tumanida zaxiradagi 6 sotix yer maydonini 10,5 ming dollarga sotayotgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Unga asosan, fuqaro J.S. “O‘.T.” MFY hududidagi 6 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqarolar M.Q. va O.H.ga rasmiylashtirib olib berishni vaʼda qilib, evaziga ularning 10 500 dollarni qo‘lga kiritgani aniqlanib, shundan 2000 dollarni qaytargani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)