Bobur Usmonov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, 17-aprel kuni Tashqi ishlar vazirligi Hay’at yig‘ilishida O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 17-apreldagi qaroriga muvofiq tayinlangan Bobur Usmonov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida tanishtirildi.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar u Prezident Administratsiyasi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Adliya vazirligi va boshqa tuzilmalarda turli lavozimlarda ishlab kelgan.
Izoh (0)