“O‘zgidromet” rahbari 12—14-aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, 12-aprel kuni O‘zbekiston hududiga quruq va issiq havo kirib kelishi boshlanadi. 13—14-aprel kunlari respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 30-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 37 darajagacha ko‘tariladi.
12—14-aprelda respublika hududi bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. 12—14-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasida; 13—14-aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida baʼzi joylarda shamol 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Izoh (0)