Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,13 so‘mga ko‘tarilib, 11 410,17 so‘mni tashkil qildi. Yevro 5,20 so‘mga oshib, 12 443,93 so‘m bo‘ldi. Rubl kursida ham o‘sish kuzatildi — ertadan bir Rossiya rubli 2,51 so‘mga tushib, 139,64 so‘mni tashkil qiladi.
Bundan avval dollar va rubl ketma-ket to‘rt kun pastlagandi. Yevro ikki kunlik pastlashdan so‘ng ketma-ket ikki kun ko‘tarilgandi. 10-apreldan esa dollar va yevro kursi ko‘tarilib, rubl 3,61 so‘mga tushgandi.
Izoh (0)