• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bojxona bojidan ozod qilingan mahsulotlarning narxi arzonlashmoqda

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, 36 turdagi tovarlarga nisbatan 2024-yilgacha bojxona boji qo‘llanilmaydi. “Daryo” muxbiri “Makro” supermarketlar tarmog‘ining operatsion direktori o‘rinbosari Talab Xolbekovdan bojlari nollashtirilgan tovarlar narxi qay darajada o‘zgarayotgani to‘g‘risida intervyu oldi.

    Foto: “Daryo” / Jaloliddin Jo'raboyev

    — Qaysi mahsulotlarning narxlari qay darajada o‘zgardi?

    Masalan, sut mahsulotlariga kelsak, bizda import qilinadigan tovarlarimiz bor, ular asosan Rossiya va Niderlandiyadan keladi. Ularga maksimal darajada, 30 foizgacha narxlarni pasaytirishga erishdik.

    — Avval narxlar qimmatlik qilarmidi, odamlarda mana shu mahsulotlarni olish darajasi qanaqa edi?

    Albatta, import boji bo‘lgandan keyin har bitta narxga qo‘shimcha qiymat qo‘shiladi. Ba’zi bojlar 30 foizgacha edi, bu biz sotib oladigan yakuniy narxlarga ta’sir qilardi. Chunki distrubyutor yoki importyor bu bojxona bojini tovarning tannarxiga qo‘yardi va avtomatik ravishda bizga qimmatroq kelardi. Hozirgi kunda u stavka nollashtirilgandan keyin, biz ulardan arzon narxda olyapmiz. Bundan tashqari, o‘zimiz ham maksimal ravishda narxlarni tushirdik. 

    Foto: “Daryo” / Jaloliddin Jo'raboyev

    — Sut mahsulotlariga talab qanaqa bo‘lgan?

    Talab yuqori edi, lekin narx tushirilgandan keyin yana ham oshdi. Chunki biz o‘zimiz ham bozorlarga chiqib audit qildik, narxlarni o‘rgandik. Xaridorlar bilan gaplashdik, ularga ham juda ma’qul. “Inson qadri” aksiyasiga qo‘shilganimiz uchun ba’zi o‘zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ham narx pasaytirishlar amalga oshirdik. 

    — Sitrus mevalar necha foizga arzonlashdi, aynan qaysi turlari?

    Sitrus mevalar 30 foizgacha arzonlashdi. Masalan, greyfrut, apelsin, mango, mandarinlarning narxlari maksimal ravishda tushdi. Mana bu apelsinimiz Misrdan keladi (Misr apelsini), buning narxi hozir 30 foizgacha arzonlashdi. Avval 31 ming so‘mdan sotganmiz. Hozir 24 ming 950 so‘m bo‘lgan. 6 ming so‘mga arzonlashgan. 

    — Iste’mol bozorida odamlar ko‘proq banan sotib oladi. Banan narxlari orada bir arzonlashgandi. Hozir esa qimmatlab, 22 ming so‘m bo‘lgan. Buning sababi nima?

    Buning asosiy sababi, birinchidan, logistikasi qimmatlashib ketgan. Chunki oldin Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan kelardi, hozir bevosita Niderlandiyaning Rotterdam shahridan olib kelinyapti aylanma yo‘llar bilan. Shuning hisobiga tannarxi ko‘payib, biroz qimmatlashgan. Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush ta’sirini ko‘rsatgan.

    — Nol stavka qo‘llangan ko‘p mahsulotlarni Rossiyadan sotib olardik. Nollashtirishdan oldin ham Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi holat tabiiy ravishda narxlarning oshishiga olib kelayotganmidi?

    Ha, Rossiyadan chit import qiladigan hamkorlarimiz, katta kompaniyalar o‘zining shtab-kvartiralari va ishlab chiqarishlarini mamlakatdan olib chiqib ketishni boshladi. Tabiiyki, bu Yevropa va boshqa davlatlarga joylashtirishni boshladi. Natijada geopolitika oqibatida logistika ham qimmatlashdi. Oldin, masalasan Rossiyadan 5 ming dollarga keladigan narsa hozir Yevropadan 11 ming dollarga kelmoqda. Shuning uchun narxlar avtomatik tarzda qimmatlashib ketgandi. Mana bu stavkalarni nollashtirish nafaqat bojxonada foydaga olib kelyapti, balki importyorlarga logistikasini qoplab berishga ham yordam beryapti. Chunki prezidentimizning logistika bo‘yicha ham alohida qarorlari bor, adashmasam, 50 foizgacha kompensatsiya qilib beradi xarajatlarini. 

    Foto: “Daryo” / Jaloliddin Jo'raboyev

    — Demak, importyorlarga ikki baravar yengillashtirish bo‘ldimi?

    Ha, albatta. Nafaqat logistika qimmatlashdi, birinchi navbatda resurslarning narxi oshib ketgandi. Bilsangiz, Rossiyaga sanksiya qo‘llanib, neft, gaz, hamma narsa avtomatik tarzda qimmatlashib ketdi. Urush ham bor, resurslarning qimmatlashishi ham bor, logistikaning oshishi ham bor. Bu importyorga uch tomonlama ta’sir qildi, buning ortidan bizga ta’sir qildi, biz esa narxlarni ushlashga qiynalib qoldik. Farmon qabul qilinmaganda narxlar hozirgidan ham ko‘tarilib ketishi mumkin edi. Bananni iste’molchiga avvallari 15–16 ming so‘mga berilgan bo‘lsa, hozir mana urush oqibatida 22 ming so‘mga yetgan. Bojxona bojlari bekor qilinmaganda, 25–26 ming so‘mgacha chiqib ketardi, chunki qimmatlashadi avtomatik tarzda.

    — O‘zimizning ishlab chiqaruvchilarga bu farmon qay darajada ta’sir qiladi?

    O‘zimizning ishlab chiqaruvchilarga qachon ta’sir qilishi mumkin? Agar ular o‘ziga mahsulotni ishlab chiqarishda kerak bo‘ladigan ingredientlar va bularni bojxona bilan olib keladigan bo‘lsa, ular ham yengillashtirilgan va narxlari ham pasayadi. Misol uchun, shokoladning ingredienti bo‘lishi mumkin, shokoladni qanaqadir pirojnikka qo‘shish mumkin. Shokoladga bojxona nollashtirilgandan keyin O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotning narxi ham avtomatik ravishda tushadi. Mevalarning narxi pasayishi ham keyingi protseduralarga ham ta’sir qiladi. Import qilinadigan sut mahsulotlarining narxi tushgandan so‘ng kofeinlarning narxiga ham ta’sir qilishi kerak. 

    — Farmon yana ko‘rib chiqilishi, ro‘yxat kengayishi mumkin degan ehtimollar bor. Ko‘ryapmiz, bu sinov tariqasida qilingan. Nazariy jihatdan yana qaysi mahsulotlarga nisbatan bojxona bojlarini olib tashlash kerak, deb o‘ylaysiz?

    Xalqimizga har bitta tovar kategoriyalarida maksimal ravishda bojxona bojlarini nollashtirishsa yoki miqdori pasaytirilsa, bu iste’mol bozoridagi hammaga ta’sir qiladi. Nafaqat tarmoqlarga, balki bozorlarga ham ta’sir qiladi.

    — Odamlar sezyaptimi narxlar tushganini?

    Odamlar sezyapti, chunki kechagi auditimizda ham ko‘rdik, har bitta xaridlarida har bitta bozorligidan 10 foizgacha iqtisod qilyapti oilalar . Menimcha, hozirgi kunda narxlar barqarorlashtirilgani to‘g‘ri qaror bo‘ldi.

    07.04.2023, 15:18   Izoh (0)   8072
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda 50 ming dollarga AQSHga, 24 ming dollarga esa Kanadaga yubormoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

    07.04.2023, 15:10

    “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalari eʼlon qilindi

    07.04.2023, 14:39

    Guliston shahri mamlakatning “Innovatsion meditsina xabi”ga aylantiriladi

    07.04.2023, 13:38

    “Onlayn platforma bo‘yicha murojaatlar bilan ishlash faoliyati past”. Senatorlar ombudsmanning 2022-yildagi kamchiliklarini tanqid qildi

    07.04.2023, 13:26

    O‘zbekiston Qozog‘istonga mahbuslarni tashishga mo‘ljallangan maxsus vagonlarni yetkazib berdi

    07.04.2023, 13:09

    Sirdaryo viloyati hokimiga qishloq xo‘jaligida ilm va innovatsiya joriy qilish bo‘yicha Xitoydan 2 nafar maslahatchi olib kelinadi 

    07.04.2023, 12:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.