• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Yoqub Ahmedovning kuyovi, mahoratli aktyor va omadli tadbirkor: 45 yoshni qarshi olgan Rixsitilla Abdullayev haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar

    Salbiy rollarni qoyilmaqom ijro etadigan aktyor Rixsitilla Abdullayev 5-aprel kuni 45 yoshni qarshiladi. Nafaqat ijodda, balki hayotdagi ham o‘ta nozikta’b bo‘lgan ijodkor boshqa hamkasblari singari moddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirmagan bo‘lsa-da, osonlikcha mashhur insonga aylangani yo‘q. 

    Tadbirkorlar oilasida tug‘ilgan ijodkor

    Aktyor Toshkent shahrida, tadbirkorlar oilasida dunyoga kelgan. Uning oilasida to‘rt o‘g‘il bo‘lib, Rixsitilla Abdullayev ularning kenjasi hisoblanadi. Garchi oila a’zolari orasida san’atkorlar bo‘lmasa-da, u bolalikdan san’atga mehr qo‘yadi.

     Foto: Instagram / @rixsitilla_abdullaev

    — Bolaligimiz ko‘p qavatli uyda o‘tgan. U paytlari hammaning uyida ham televizor, videomagnitafon bo‘lmasdi. Dadam xorijdan videomagnitofon olib kelgan. Yozgi ta’tilda bolalar uyda zerikib, biznikiga chiqardi. Talab yuqori bo‘lib ketganidan keyin texnikani birinchi qavatdagi hovliga olib chiqishga qaror qilganmiz. Keyin xayolimga tomoshani pulli qilish g‘oyasi kelgan. Ota-onalar ham bolalari ko‘z oldilarida ekanligidan xursand bo‘lib, pul berishardi. Ammo ko‘p o‘tmay qiziqish pasaygan. Chunki bolalarga bizdagi multfilmlar yod bo‘lib ketgandi. Keyin teatr tomoshalarini sahnalashtirish g‘oyasi paydo bo‘lgan. Balki ishonmassiz, ammo biz sahnalashtirgan tomoshalarda maxsus kiyimlar, rekvizitlar bor edi, — deydi aktyor Rixsitilla Abdullayev.

    Imtihonda ko‘rinishi qo‘l kelgan

    Rixsitilla Abdullayev Yunusobod tumanidagi 272-maktabni tamomlab, hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hujjat topshiradi. Bo‘ylari baland, aslzodalarga xos ko‘rinishdagi abituriyent ijodiy imtihon oladigan ustozlarda qiziqish uyg‘otgan. Boisi drama aktyorligi bo‘limiga aktyor tanlanayotganda nafaqat uning iqtidori, balki tashqi ko‘rinishi ham hisobga olinadi.

    Foto: Instagram / @rixsitilla_abdullaev

    — 1999-yilda institutni tamomlab, shaxdam qadamlar bilan teatrga ishga kelganman. Albatta, shtat asosida ishga olinishim oson bo‘lmagan. Shu orada “Toshkent” telekanali buyurtmasiga ko‘ra “Qirq tog‘oraning qirq nog‘orasi” nomli serial suratga olinadigan bo‘ldi. Teatrdagi barcha aktyorlar unga taklif etildi. Ular orasida men ham bor edim. Rolim juda kichik bo‘lsa-da, odamlarning yodida qoldi, — deydi Rixsitilla Abdullayev.

    Rahbarining qiziga ko‘ngil qo‘ygan

    Rixsitilla Abdullayev O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedovning to‘ng‘ich qizi Nodira Ahmedova bilan oila qurgan. O‘sha paytda Yoqub Ahmedov O‘zbek milliy akademik drama teatrining direktori edi. Rahbarning qiziga ko‘ngil qo‘ygan oddiy aktyorning qaynotasidan rozilik olishi oson kechmagan.

    Foto: Instagram / @rixsitilla_abdullaev

    — Oila qurishimiz juda qiziq kechgan. Nodiraning yaqin dugonasiga ko‘ngil qo‘ygandim. U haqdagi ma’lumotlarni Nodiradan olib turardim. Ammo ancha vaqtgacha uni Yoqub Ahmedovning qizi ekanligini bilmaganman. Keyin Nodiradagi ustun jihatlarni ko‘rib, unga sovchi yuborishga qaror qildim. U teatr rahbarining qizi ekanligini bilganimda sichqonning ini ming tanga bo‘lib ketgan. Fevral oyida sovchilarni yuborgan bo‘lsam, iyunga qadar ko‘zlariga ko‘rinmay yurganman. Hatto majlislarga kirganda ham bir chekkada indamay o‘tirardim va birinchi bo‘lib xonadan chiqib ketardim, — deydi aktyor.

    Qaynotaning kuyoviga iltimosi

    Nodira va Rixsitilla Abdullayevning Tojirahmon, Aslzoda va Mohizoda ismli farzandlari bor. Yoqub Ahmedov ulardan to‘ng‘ich farzandlarining ismini Tojirahmon deb qo‘yishni iltimos qilgan. Chunki ustoz san’atkor nabirasiga otasining ismini qo‘yishni orzu qilgan ekan. 

    Foto: Instagram / @rixsitilla_abdullaev

    Rixsitilla Abdullayev nafaqat kinoda, balki teatrda ham sermahsul ijod qilgan. “Qirol Lir”, “Makr va muhabbat” kabi xorij klassikasida rol ijro etgan. Unga “Navoiy” spektaklida bosh rolni ijro etish baxti ham nasib etgan.

    Aktyor katta kinodagi ilk rolini “Muhabbat sinovlari”da ijro etgan. Ammo mazkur epizod rol unga mashhurlik keltirmagan. Oradan uch yil o‘tib, Rustam Sa’diyev uni “Kelgindi kuyov” filmiga taklif etgan. Suyunbek roli aktyorning komik mahoratini ko‘rsatishga turtki bo‘lgan. Oradan 18 yil o‘tgan bo‘lishiga qaramay Suyunbek tomoshabinlarning eng sevimli qahramonlaridan biri bo‘lib qolgan.

    “Qaynotamdan ko‘p tanbeh eshitganman”

    Rixsitilla Abdullayev deganda ko‘z oldimizga asilzoda, imijiga e’tiborli aktyor keladi. U liboslari va mayda aksessuarlar uchun ham katta mablag‘ sarflaydi.

    Foto: Instagram / @rixsitilla_abdullaev

    — Bu borada qaynotamdan ham ko‘p marta tanbeh eshitganman. Qimmatbaho, bejirim narsalarni yaxshi ko‘raman. Hatto soat va bo‘yinbog‘ uchun ham ko‘p pul sarflayman. Oila qurmasimdan avval kiyim-boshimni tartibga keltirish uchta kelinoyimning vazifasi edi. Ular qaysi ishni yaxshi qilishlariga qarab, ishni taqsimlardim. Ya’ni bir kelinoyim shimni, boshqasi esa ko‘ylakni dazmollashga usta edi. Hozir bu ishlarni ayolimning o‘zi bajaradi, — deydi aktyor.


     

    Foto: Instagram / @rixsitilla_abdullaev

    Uning turmush o‘rtog‘i Nodira Abdullayeva ingliz tili o‘qituvchisi. Aktyor ayolining ishlashi va tajriba orttirishiga qarshilik qilmay, uni qo‘llab-quvvatlaydi.

    Foto: Instagram / @rixsitilla_abdullaev

    Rixsitilla Abdullayev ijoddan tashqari, tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanadi. Uning sayohatlar uyushtiradigan va to‘y oqshomlarini tashkil etadigan firmalari bor.

    Foto: Instagram / @rixsitilla_abdullaev

    Aktyorning o‘g‘li Tojirahmon Nig‘matullayev otasining kasbini davom ettirishga qaror qilgan. U ayni kunda aktyorlik bo‘yicha tahsil olib, teatrda kichik rollarni ijro etadi.

    “Dilnoza Kubayevani rashk qilaman”

    Aktyor intervyularining birida hamkasbi Dilnoza Kubayeva bilan nega rol ijro etishni yoqtirishi va uni boshqa aktyorlardan qizg‘anishi haqida gapirib bergan.

    Foto: Instagram / @rixsitilla_abdullaev

    — Dilnoza bilan ilk marta "Andishali kelinchak" spektaklida partnyor sifatida ishlaganmiz. Men Arslonbek, Dilnozaxon Olmaxon rolini ijro etgan.

    Dilnozani partnyor sifatida rashk qilaman. Rustam Sa’diyev va Gulchehra Jamilova, Lola Eltoyeva va Alisher Hamroyev, Zuhra Ashurova va Bekzod Muhammadkarimov kabi tomoshabinlarning sevimli kinojuftliklari bor. Umuman olganda, hamma aktyorning o‘z partnyori bor.

    Ko‘p muxlislar Dilnoza Kubayeva bilan chiroyli juftliksiz, deb aytadi. Dilnoza bilan hozirda ‘O‘zbekcha ajrashish’ degan kinoda er-xotinlar obrazini gavdalantirmoqdamiz. U yangi filmda mahalla raisi rolini ijro etadi, — deydi Rixsitilla Abdullayev.

    05.04.2023, 21:37   Izoh (0)   58739
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Terminator” filmidagi Sara Konnor rolini ijro etgan aktrisa hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    05.04.2023, 16:35

    “O‘rgimchak odam”, “Jon Uik” va aktyorlar ssenariysini o‘zgartirgani sababli katta foyda ko‘rgan boshqa filmlar (foto)

    05.04.2023, 14:49

    Gollivud yulduzi Kris Xemsvort Alsgeymer kasalligi xavfi tufayli filmlarda suratga tushishni kamaytirdi

    05.04.2023, 11:30

    Bitta so‘z — 166 ming dollar: Filmdagi har bir so‘zi uchun juda katta gonorar olgan aktyorlar 

    05.04.2023, 09:30

    Instagram: Parizoda reklamadan qancha pul topadi? Umradagi mashhurlar, Yulduz Abdullayeva ilk bor nevarali bo‘ldi

    04.04.2023, 22:05

    Nojo‘ya taklifni rad etib, “zapret”ga tushgan, zo‘ravon eri tufayli muhojirga aylangan Nargiza Abdullayevaning hayoti va ijodi haqida 

    04.04.2023, 21:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.