• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Nojo‘ya taklifni rad etib, “zapret”ga tushgan, zo‘ravon eri tufayli muhojirga aylangan Nargiza Abdullayevaning hayoti va ijodi haqida

    Tomoshabinlarning sevimli “buvijoni”siga aylangan Nargiza Abdullayeva 3-aprel kuni 43 yoshni qarshiladi. 17 yoshida kino olamiga kirib kelgan ijodkor o‘tgan yillar mobaynida turli-tuman rollarni ijro etdi. Hayotda ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tgan va mehnatkashligi bilan xalq mehrini qozongan aktrisaning hayot yo‘liga nazar tashlaymiz.

    “Ustozlarim raqs tushsam quvonishardi”

    Foto: Skrin

    — Toshkentda yashasak ham oilamiz o‘zbekona, kamtarona hayot kechirardi. Dadam rahmatli aloqa sohasida ishlardi. Onam esa ancha yillar tibbiyot xodimi bo‘lgan. Ularning tanishuvi juda qiziq kechgan ekan. Dadam kichik yo‘l-transport hodisasiga uchrab, tan jarohati sabab shifoxonaga borgan. Onam esa yaxshi muomala qilgani uchun dadamning ishqi tushib, uylangan ekan, — deydi aktrisa Nargiza Abdullayeva.

    Aktrisaning oilasida san’atkorlar yo‘q, uch nafar aka-opalari ham san’atdan yiroq sohalarda faoliyat yuritishadi. Nargiza Abdullayeva esa bolalikdan raqqosalikka mehr qo‘yadi. 

    Foto: Skrin

    — A’lo baholarga o‘qiganman deyolmayman. Ammo tartibli va faol o‘quvchi edim. To‘qqiz yil maktabda o‘qib biror marta darsdan qochganimni eslolmayman. Yuqori sinfga o‘tgach, darsdan keyin raqs to‘garagiga qatnay boshladim. Ba’zan konsertlar sabab darslarga borolmasdim. Tadbirlarda raqs tushib bersam ustozlarim rosa quvonishardi, — deydi aktrisa Nargiza Abdullayeva.

    “Qora qiz”ning san’atga kirib kelishi

    Nargiza Abdullayeva 1997-yili san’atkor bo‘lishga jiddiy ahd qildi. Konsertlarda raqs tushib, san’atda o‘z o‘rnini topishga intilayotgan kezlarda uni “Charxpalak” serialiga taklif etishdi. Buvijon roli aktrisaga kutilmagan mashhurlikni olib keldi. U serial bunchalik muvaffaqiyatga erishishini va ko‘cha-ko‘yda odamlar undan dastxat olishlarini kutmagandi.

    — Dugonam bilan televideniyega borganmiz. Uni kinosinovga taklif etishgan edi. U ichkariga kirib ketganida "Meni ham taklif etishsa edi" deb chin dildan niyat qilgandim. Qop-qoragina qiz bo‘lganim uchun meni chaqirishlarini kutmagandim. Yarim soatdan keyin "Siz ham proba topshirmaysizmi?" degan taklif bo‘ldi, — deydi aktrisa.

    Birinchi turmushi omadsiz kechgan

    Aktrisa yanada yaxshiroq ijod qilish haqida o‘ylab yurgan paytida uyidan sovchilarning qadami uzilmay qolgandi.

    Foto: Skrin

    — Birinchi turmush o‘rtog‘imga teggim kelmagan. Men san’atdaman, ishlashim kerak deganman. Lekin taqdir ekan, to‘yimiz bo‘lib ketdi. Keyin bilsam, meni sevib olmagan. Meni kinoga chiqqanim uchun o‘rtoqlari bilan bahslashib olgan — o‘zlari tan olganlar. O‘rtoqlari ham aytib qo‘ygan. Mehr bo‘lmagan, e’tibor bo‘lmagan umuman.

    Keyin biz o‘rta hol bo‘lganmiz, ular mendan ko‘p narsa kutishgan. Ota-onam ham borini qildi, borini kiydirgan. U payt 40 ta tog‘ora bo‘lmasa, sizning obro‘yingiz to‘kilgan payt bo‘lgan. Ota-onam rosa qiynalgan, qizim uchun deb qilishgan. Lekin baribir bo‘lmadi. Bo‘lgan gaplarni hammasini ayta olmayman. Avvaliga ajrashmaganlar, juda qiyin bo‘lgan. Ketib qolardim, uyimga kelib, mashinaga solib olib ketardilar, bo‘g‘ardilar. Aybim o‘rta hol bo‘lganim edi, — deydi aktrisa Nargiza Abdullayeva.

     

    “Ikkinchi xotin bo‘lish baxt emas”

    Aktrisa ilk turmushidan so‘ng ko‘plab qiyinchiliklarga uchradi. Odamlarning gap-so‘zi uni charchatganini ham intervyularida aytib o‘tgan.

    Foto: Skrin

     

    — “Artist-da. erga tegib ajrashish oson”, degan gap dilimga og‘ir botardi. Undan chalg‘ish uchun san’atdan yiroqlashmoqchi ham bo‘ldim. Ammo keyinchalik nega odamlarning gap-so‘zi uchun o‘zimni o‘zgartirishim kerak. Alloh menga san’atdan rizqimni berayotgan bo‘lsa deb o‘zimni o‘zgartirmaslikka qaror qildim, — deydi Nargiza Abdullayeva.

    Aktrisa o‘zini qo‘lga olish uchun Rossiyaga boradi. U yerda yaqin qarindoshlari oilasi bilan istiqomat qilardi. Aktrisa u yerda Ozodbek ismli asli samarqandlik bo‘lgan yigit bilan tanishib qoladi. U yigit hali oila qurmagan va Nargiza Abdullayevaning aktrisa ekanligini ham bilmasdi.

    Foto: Instagram / @nargizaabdullayeva_official

    — Ikkinchi oila taklifi ham bo‘lgan, yashirmayman. Hashamatli uy-joy, qimmat mashina, xohlagan joyingizga borasiz, lekin bu mening baxtimmas. Buni men baxt deb bilmayman. Birovning erini bekitib olib yurib ko‘chada... Uniki u, meniki emas... Yaxshi kunlarini men bilan o‘tkazmaydi, to‘y-hashamlarda yonimda turib bera olmaydi. Bu baxtmas. Agar mening niyatim bo‘lganida shu ishlarni qilib ketgan bo‘lardim, qilmadim. O‘zimni tushunadigan, o‘zimning yonimda erim bo‘lsin. Bolalarim ‘Dadam kim, qani?’ deganida ko‘rsata oladigan bo‘lay, deb kutdim.

    Ozod aka turmush qurish taklifini berganida avvaliga ikkilanganman. Taqdir ekan oila qurdik. Ikki nafar farzandli bo‘ldik, baribir er-xotin bir-birini tushunib yashashi qiyin ekan, — deydi aktrisa.

    “Ba’zan ayolning dushmani er bo‘larkan”

    Aktrisa oilasidagi qiyinchiliklar haqida ko‘p intervyularida aytib o‘tgan. 

    Foto: Instagram / @nargizaabdullayeva_official

    — Oila deb atalmish maktabda ham ancha haqiqatlarni anglab yetdim. Ayol faqat o‘zini qurbon qilib egilaversa, uni ayamasdan tepib o‘tisharkan. Ko‘pni ko‘rgan onaxonlarimiz bekorga ayol sirli xilqat bo‘lishi, hattoki oilada ham barcha sirlarni ochib tashlamaslik kerakligi haqida uqtirishmas ekan. Eng katta dushmaning turmush o‘rtog‘ing, degan haqiqatning borligi ham juda qiziq. Chindan ham yillar davomida eng yaqin sirdoshingga aylangan, barcha sirlaringdan voqif bo‘la turib, keyin ayovsiz ravishda yuzingga soladigan inson dushman bo‘lmay kim?!, — deydi aktrisa.

    San’atkor ayol bo‘ladimi, erkak bo‘ladimi, har ikkalasiga oson tutmang. Uning o‘zi emas, balki aynan turmush o‘rtog‘i yulduzlik kasaliga chalinsa-chi? Taniqli va sevimli jufti haloli uchun xursand bo‘lish o‘rniga g‘ayirlik qilsa, buning natijasi yaxshilik bilan tugaydimi? Kasbingizdagi aslida sizga hech qanday aloqasi bo‘lmagan ba’zi bir noxush holatlar deb boshingiz baloga qolib ketishi ham san’atkor ayolni qiynaydigan vaziyatlardan biri. Bora-bora hammaning oldida o‘zingni baxtli ko‘rsatib, qon yutib yashashdan charchar ekansan...

    Ochig‘ini aytsam, shu kungacha bergan intervyularimda yolg‘on gapirib charchadim. Endi haqiqatni aytmoqchiman. Shu paytgacha ayyor rafiqa bo‘lgin, degan gaplarga e’tibor bermasdim. Turmush o‘rtog‘im uchun doim ochiq bo‘lishim shart degan qoida bilan yashadim. Bundan pand yedim. Ayol kishi oilaning, ro‘zg‘orning yukini nozik yelkasida ko‘tarib yurishdan charchar ekan. Kezi kelganda o‘z himoyachisiga suyanib, erkalik qilishni istaydi. Qachonki oilada erkak va ayolning vazifalari almashib qolar ekan, bunday munosabatlarga darz ketadi, — deya o‘z ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishgan aktrisa.

    “Jazman bo‘lmaganim uchun san’atdan uzoqlashtirishdi”

    Aktrisa san'atdagi nopok insonlar sabab bu sohadan ko‘ngli qolgani va odamlarga ishonmay qo‘ygani haqida ham aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram / @nargizaabdullayeva_official

    — Juda katta takliflar tushgan. Ularning taklifiga ko‘nmaganim uchun meni san’atdan olib tashlashgan. Shunaqa qo‘li hamma yoqqa yetadigan insonlar bor edi. Men ularning jazmani bo‘lmaganim uchun san’atdan uzoqlashishimga to‘g‘ri kelgan. Qarang, hayotni? Men ham ayrim insonlarga o‘xshab san’atda chiqishim kerak ekan. Menga uy, mashina olib beryapti-ku, nima qilibdi ikkinchi, uchinchi xotin bo‘lib yursam, desam bo‘lardi-ku?! Lekin nima qilaman birovning baxtini yarim qilib. Shuning uchun ham men san’atdan ketdim orada, yo‘q bo‘lib qoldim. Chunki menga yo‘l berishmadi”, — deydi Nargiza Abdullayeva.

    Oshkor etilmaydigan sir

    2006-yili “O‘zbektelefilm” kinostudiyasida “Maftuna” nomli serial suratga olingan. Rassom yigitga ko‘ngil qo‘ygan talaba qiz taqdir taqozosi bilan yetim bolaning boshini silashiga to‘g‘ri keladi. Ammo buni odamlar turlicha talqin qilishadi. Aktrisa Sitora Farmonova ijrosidagi Maftuna roli aslida Nargiza Abdullayevaga nasib etishi kerak edi. Ammo suratga olish ishlariga bir necha kun qolganida aktrisa roldan mosuvo bo‘lgan. Nargiza Abdullayeva nima sababdan bunday bo‘lganini yaxshi biladi, ammo ommaga oshkor etishni istamaydi.

    Kotibalik ham qildi

    Nargiza Abdullayeva bir muddat "Akfa-media" prodyuserlik kompaniyasida kotiba sifatida ham faoliyat yuritgan. Ziyoda, Oybek va Nigora va “Bojalar” guruhining san’atda o‘z o‘rnini topishiga ozmi, ko‘pmi hissa qo‘shgan.

    Foto: Instagram / @nargizaabdullayeva_official

    — Kiyimlarini dazmollardim, klip olinsa ham barcha yugur-yugur ishlar mening zimmamda edi. Ular bilan juda yaqin bo‘lib ketgandik. Ammo yillar o‘tib hamma o‘z yo‘lida davom etar ekan, — deydi aktrisa.

    Nargiza Abdullayevaning ijodi haqida gapirish shart emas. Chunki uning rollarini tomoshabinlar juda yaxshi bilishadi. “Begona bahor”, “Jiyda guli”, “Hijron” kabi film va seriallardagi rollari tomoshabinlar mehrini qozongan. Ko‘pincha ma’suma o‘zbek ayollari rolini qoyilmaqom ijro etadigan aktrisa hayotda ham xuddi shunday inson.

    04.04.2023, 21:20   Izoh (0)   40997
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muvaffaqiyatli karyeradan ko‘ra oilani afzal ko‘rgan yulduzlar

    04.04.2023, 18:39

    Gollivud aktyori Xoakin Feniks suratga olish maydonchasida hushini yo‘qotdi

    04.04.2023, 16:34

    Shakira sudda Pike ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng farzandlari bilan Mayamiga ko‘chib o‘tdi

    04.04.2023, 14:30

    Foto: Gollivud aktyorlari va ularning dublyorlari 

    04.04.2023, 10:30

    Instagram: Farhod va Shirin dueti tarqaldi, Izzat Shukurov farzandli bo‘ldi, Bunyodbek Saidov umra safarida 

    03.04.2023, 22:45

    “Avariyadan keyin 8 yil rulga o‘tira olmaganman”. O‘zbek shou-biznesi vakillari boshlaridan kechirgan yo‘l-transport hodisalari haqida 

    03.04.2023, 15:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.