Tanzaniya shimoli-g‘arbida noma’lum yuqumli kasallik aniqlandi, hozirgacha besh kishi kasallikdan vafot etdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Citizen mahalliy nashri xabar berdi.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi Bukoba (shahar)da hozirgacha besh kishining o‘limiga sabab bo‘lgan noma’lum kasallik haqida ogohlantirgan. Kasallik hozirgacha yetti kishida aniqlangan. Bemorlar isitma, qusish, qon ketish va jigar yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda.
Kasallik yuqumli xususiyatga ega, xastalik turini aniqlash uchun infeksiyadan o‘lganlarning jasadidan namunalar olingan. Virus aniqlangan hududga zudlik bilan tezkor javob beruvchi guruh yuborilgan.
Izoh (0)