• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.73
    • RUB158.34
    • EUR14764.66
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sudyani bir umr duo qilaman”, “15 yilga qamalib ketadi deb o‘ylagandim”, “Mitingda mikrofon olib, Dauletmuratga ozodlik talab qilib xato qildim”: Nukus voqealarida ayblanganlar xulosasi

    Bugun, 17-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudida 2022-yilning 1—2-iyul kunlari Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklarda ayblanib, sudlanuvchi sifatida sudga tortilganlar ishi ko‘rib chiqildi. Mazkur sudda 39 nafar sudlanuvchining 11 nafari sud zalidan ozodlikka chiqarilgan bo‘lsa, 28 nafar sudlanuvchi 5 yildan 11 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. “Daryo” mazkur sud ishida ishtirok etib, hukm qilinganlarni suhbatga tortdi va sudning qanchalik shaffof va adolatli o‘tgani haqida so‘radi.

    Sud jarayoni.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    “Xalqimizning yaxshi kunlarida, to‘ylarida o‘rtakashlik qilib, xizmat qilardim. Miting kuni konteynerning ustiga chiqib, mikrofon olib, Davletmurat Tajimuratovning ozodligini talab qilamiz deb, bilib-bilmay, tushunmay gapirganman. Bugungi kunga kelib, gapimdan pushaymonman. O‘sha kuni atrofimizda mingga yaqin odam yig‘ilgandi. Barcha yig‘ilganlar agressiv kayfiyatda edi, bu bizga ham taʼsir qildi. 8,5 oy davom etgan tergov jarayonlarida xatolarimni tahlil qildim, tushunib yetdim. To‘rt devor ichida o‘tgan har bir kun yilga tatidi. Oilamdan, farzandlarimdan uzoqda ularning qadriga yetdim. Yana kechirib, imkon berilgani uchun prezidentimizga rahmat aytaman”, — deydi tartibsizliklarga qadar odamlarning to‘yida o‘rtakashlik qilib yurgan Alimbay Mirzambetov.

    Alimbay Mirzambetov.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Yana bir sudlanuvchi Nurmuhammad Genjebayev esa tengdoshlariga Dauletmurat Tajimuratov va Omon Sag‘dullayev kabi provokatorlarga ishonib, xalqqa qarshi chiqmaslikni maslahat bermoqda.

    Nurmuhammad Genjebayev.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    “Tengdoshlarimga Dauletmurat Tajimuratov kabi provokatorlarga ishonib, xalqqa qarshi chiqmaslikni maslahat beraman”, — deydi Nukus voqealarida ayblanib, sud zalidan ozodlikka chiqqan Nurmuhammad Genjebayev.

    Muhabbat Shernazarova.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Sud hukmini intizor bo‘lib kutgan onaizorlardan biri Muhabbat Shernazarova esa o‘g‘liga o‘zi kutganidan yengilroq jazo tayinlanganini aytmoqda.

    “O‘g‘limning bilib-bilmay shu ishlarga aralashib qolganidan pushaymonman. Buning uchun prezidentimizdan kechirim so‘rayman. Tan olaman ona sifatida o‘g‘lim 10-15 yilga qamalib ketadi deb qo‘rqqandim. Shukurki, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shunisiga ham shukr. O‘g‘lim bu xatolarini takrorlamaydi, buning kafilligini olaman, prezidentimizdan, xalqimizdan uzr so‘rayman”, — deydi Islombek Po‘latovning onasi Muhabbat Shernazarova.

    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Nukus voqealarida ayblanib, 5 yilga qamalgan 23 yoshli talaba esa unga yengil jazo tayinlagan sudyani bir umr duo qilishini aytmoqda.

    Islom Po‘latov.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    “Nukus shahridagi tartibsizliklarda faol ishtirok etib, bu yerga kelib qoldim. Aybimni tan olaman. Men Dauletmurat Tajimuratovning internetda tarqatgan videosidagi gaplariga ishondim va miting qonuniy, tartibli deb aytilgani uchun qatnashgandim. Keyinchalik bu mitingning noqonuniy ekanini bildim. Ammo kech. Aslida mening aybim uchun qonunlarimizda 10 yildan 15 yilgacha bo‘lgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi ko‘rsatilgan. Lekin sudya va sud hayʼati mening yosh ekanimni, hali talabaligimni, sport ustasi ekanimni inobatga olib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Buning uchun sudyani bir umr duo qilaman”, — deydi Islom Po‘latov.

    Sudlanuvchilar orasida xalqning ziyoli qatlami sifatida tilga olinuvchi jurnalist va o‘qituvchilar ham bor.

    Yesimqan Qanaatov.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    “Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida 2022-yilning 1-iyul kuni bo‘lib o‘tgan noqonuniy miting haqidagi videoni Qozog‘istonning ‘Kazinform’ va Rossiyaning ‘RIA Novosti’ axborot agentliklariga jo‘natganman. Videoda bozorda olomon to‘plangani ko‘ringan edi. Bu haqda O‘zbekistondagi hech qaysi rasmiy manbalar yoritmagani sabab, bu voqealardan prezident xabarsiz qolib ketyapti deb o‘ylab, hali tekshirilmagan, tasdiqlanmagan axborotni xorij OAVlariga yubordim. Va bu mening xatoyim ekanini tushunib yetdim. Aslida Konstitutsiyani hech qanday mitingsiz o‘zgartirishsiz qoldirsa bo‘lishi mumkinligini tushunib yetdim”, — deydi Nukus voqealarida ayblanib, sud zalidan ozodlikka chiqqan jurnalist Yesimqan Qanaatov.

    Yesimqan Qanaatov ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan 11 nafar sudlanuvchilardan biri hisoblanadi. U Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi (qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qo‘rqitib shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatish, qirg‘in solish, o‘t qo‘yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish) va 244-modda-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

    Abdimalik Xo‘janazarov.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Yana bir jurnalist Abdimalik Xo‘janazarov esa xalqqa yolg‘onchi targ‘ibotchilarga aldanib qolmaslikni, ularning har qanday gaplariga ishonmasliklari kerakligini so‘ramoqda.

    “Men Nukus tumani gazetasida, Dauletmurat Tajimuratovga tegishli ‘El xizmatinde’ gazetalarida ishlaganman. Aybim shu gazetada xalqni chalg‘itadigan, har xil targ‘ibotga undaydigan maqolalar chiqqanida bo‘ldi. Va eng yomoni bu gazetalar maktab o‘quvchilariga taalluqli bo‘lmasa-da maktab o‘quvchilariga tarqatilgan va o‘qitilgan. Demak, bundan Dauletmurat Tajimuratovning maqsadi boshqa bo‘lgan. Buni kech anglab yetdik. To‘g‘ri, oliy maʼlumotli, yoki katta inson bo‘lsak-da, yolg‘on gaplarga, targ‘ibotlarga aldandik. Shuning uchun ham bugun xalq oldida yuzimiz shuvut bo‘ldi. Ishimizdan pushaymonmiz. Endi xalqimizga bor gapni aytib, bunaqa targ‘ibotlarga ishonmaslikka chaqiraman”, — deydi sud zalidan ozodlikka chiqarilgan jurnalist Abdimalik Xo‘janazarov.

    Ingliz tili fani o‘qituvchisi Timurbek Ismoilov davlat yaratib bergan sharoitga javoban noshukrlik qilganini, shu sabab sud zalida sudlanuvchi sifatida turganidan uyatdaligini aytmoqda. 

    Timurbek Ismoilov.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    “Sud shaffof va adolatli o‘tdi. Shaxsan mening aybim og‘ir edi. Lekin menga imkon berishdi, prezidentimizning yoshlarni qo‘llab-quvvatlash haqidagi siyosatining davomi sifatida meni ayashdi. Buning uchun sudya va sud hayʼatiga, prezidentimizga, xalqimizga rahmat aytaman. Minnatdorligimni izhor qilaman. Tengdoshlarimga, xalqimizga har xil targ‘ibotlarga ishonmaslik kerakligini takror-takror aytib, hushyorlikka chaqiraman. Ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida, o‘qituvchilarga berilgan imkoniyatlardan foydalangan yosh kadr sifatida prezidentimiz yaratib bergan imkoniyatga rahmat aytish o‘rniga, noshukrlik qilganim uchun, aynan bugun sud zalida sudlanuvchi sifatida siz bilan ko‘rishib turganimdan uyatdaman”, — deydi ingliz tili fani o‘qituvchisi Timurbek Ismoilov.

    Sud jarayonini kuzatib borgan mustaqil kuzatuvchilardan biri Gulnoz Mamarasulova Nukus voqealari aybdorlari ishini ko‘rib chiqqan sud O‘zbekistonda sudlarda adolatni taʼminlash maqsadida, ularning shaffof va vijdonan faoliyat yuritishini taʼminlash borasidagi islohotlarga hamohang, talablarga javob beradigan darajada o‘zgarayotganini isbotlaganini aytmoqda.

    Gulnoz Mamarasulova.
    Foto: Gazeta.uz

    “Tan olish kerak, uzoq yillar davomida ko‘pchilikda sudga nisbatan ishonchsizlik paydo bo‘lgandi. Yillar davomida sudlar tomonidan adolatsiz qarorlar chiqarilishi va oqibatda xalqning jabrlanib qolaverishi bu sudlarga ishonchsizlik mustahkamlanib qolishiga olib kelgandi. Buxoroda Nukus voqealari aybdorlariga nisbatan bo‘lib o‘tgan sud jarayonlari O‘zbekistonda sudlarda adolatni taʼminlash maqsadida, ularning shaffof va vijdonan faoliyat yuritishini taʼminlash borasidagi islohotlarga hamohang, talablarga javob beradigan darajada o‘zgarayotganini isbotladi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Buni Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudida o‘zimiz ko‘rdik va kuzatdik. Shuningdek, sudlanuvchilarning tergov hibsxonalarida saqlanish jarayonlari bilan ham tanishdik, sudlanuvchilar hech qanday qiynoqqa solinmaganini ko‘rdik, bildik. O‘ylaymanki, bu nafaqat menda, barcha komissiya aʼzolarining sud adolatli o‘tdi degan xulosa qilishiga olib keldi”, — deydi mustaqil kuzatuvchilardan biri Gulnoz Mamarasulova.

    17.03.2023, 23:17   Izoh (1)   11453
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 1318811337@telegram.org / 18.03.2023, 08:05

      Bularni hammasini hech bo'lmaganda 1 yilga qamash kerak edi, shuncha odam halok bo'ldi

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi hammuallifi, britaniyalik iqtisodchi Jeyms Robinson bilan Toshkentdagi uchrashuv

    17.03.2023, 22:40

    Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni kassasida olomon to‘planib, tartibsizlik sodir bo‘ldi (video) 

    17.03.2023, 22:35

    “Dadajon, men o‘lyapman de”. Samarqandda ayol eri bilan janjallashib qolgani sababli farzandini bo‘g‘ib qiynadi

    17.03.2023, 22:20

    Andijonda 3 ming nafar yoshlar ishtirokida “Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

    17.03.2023, 22:15

    O‘zbekiston Qozog‘iston bilan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qiladi 

    17.03.2023, 21:30

    O‘zbekistonda 2023-yilda 1,7 ming megavattli quyosh panellari o‘rnatiladi

    17.03.2023, 21:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gruziyada 7 ta NATO davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:45

    Polsha Tayvandan dron xarid qilish bo‘yicha Yevropada yetakchiga aylandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:10

    Xitoy sun’iy intellekt xavfsizligi borasida global hamkorlikka chaqirdi

    Dunyo | 27 iyul, 21:57

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.