Buxoro viloyatida mashinasi hech qanday hujjatlarsiz 720 kg tovuq go‘shtini olib ketayotgan haydovchi ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, viloyat IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash bo‘linmasi hamda shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari hamkorligida oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida nazorat-reyd tadbirlari olib borildi.
Nazorat-reyd tadbirlari davomida 1978-yilda tug‘ilgan fuqaro F.D.o‘ziga tegishli bo‘lgan mashinada veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravishda jami 720 kilogramm og‘irlikdagi tovuq go‘shti mahsulotlarini hech qanday birlamchi hujjatlarsiz sotish maqsadida olib ketayotgani aniqlandi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaroga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Avvalroq Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tegishli hujjatsiz 358 kilogramm go‘sht olib ketayotgan mashina to‘xtatib qolingani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)