• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Amerikaga qayiqda suzib kelgan, 13 yoshida yulduzga aylangan bo‘lsa-da, 50 yoshida “Oskar-2023” mukofotiga sazovor bo‘lgan aktyor — Ke Xyui Kuan haqida

    Ke Xyui Kuan — “Hammasi har joyda va birdaniga” filmida “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini olgan va Gollivudni bolaligidayoq zabt etgan aktyor. Biroq muvaffaqiyatdan keyin uni o‘nlab yillar davomida unutishdi. “Mening sayohatim qayiqda boshlandi. Men bir yilni qochqinlar lagerida o‘tkazdim va bugunga kelib esa Gollivuddagi eng katta sahnaga chiqdim”, — deydi u taqdirlash marosimidagi nutqida.

    Qayiqda kelgan muhojirlar

    Foto: Legion Media

    Ke Xyui Kuan hayotining o‘zi kino ssenariysiga o‘xshaydi.

    Bola yetti yoshga to‘lganda, uning oilasi Vyetnamdan qochib ketadi. Kuan otasi bilan 1978-yilda Gonkongga, onasi esa uchta aka-singillari bilan Malayziyaga kelgan. Bir yil o‘tgach, oila Qo‘shma Shtatlarda yana birlashadi. Amerikaga ular qayiqda suzib kelishadi — va nihoyat muhojirlar qolishni orzu qilgan mamlakatlarga yetib borishadi.

    “Biz qochoqlar edik”, — deydi aktyor Guardian nashriga bergan intervyusida. Bizni hech kimga kerak emasdik. Maktabda ustimizdan kulishardi. Bu narsa bolaning ruhiyatiga qanday ta’sir qilishini tasavvur qilishingiz mumkin”. Kuan boshidan kechirgan bu voqealarni travmatik deb ta'riflaydi.

    Yangi burilish

    Uning hayoti 12 yoshida to‘satdan va butunlay kutilmaganda o‘zgardi. Kuan ukasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Indiana Jons va taqdir ibodatxonasi”dagi yosh kissavur Mitivoy roli uchun kastingga boradi. Kuanning o‘zi kastingda qatnashmoqchi emasdi, lekin Stiven Spilberg uni ham sinab ko‘rishga taklif qiladidi. Natijada bu rolga Ke Xyui Kuan ma'qullanadi.

    Uch hafta o‘tgach, u suratga olish ishlari boshlanayotgan Shri-Lankaga yo‘l oladi. “Bu hayotimdagi eng baxtli davrlardan biri edi. Mittivoy — quvnoq va jasur bolakay, u Indiga doim yordam beradi”, deydi Kuan va Stiven Spilberg Gollivud blokbasterida birinchi bo‘lib osiyolik qiyofasini ko‘rsatganini qo‘shimcha qiladi. Film 1984-yilda ekranlarga chiqdi va blokbasterga aylandi.

    Stiven Spilberg bilan bolaligida
    Foto: Legion Media

    Kelgusi yili u Shon Astin, Josh Brolin, Kori Feldman va Marta Plimpton kabi aktyorlar bilan bir qatorda “Takasaltanglar” filmida gadjetni yaxshi ko‘radigan Date rolini o‘ynaydi. “Takasaltanglar” haligacha bolalar filmlarining klassikasi hisoblanadi.

    Ammo 1990-yillar boshlanishi bilan takliflar kamayadi. Unga yuborilgan har qanday ssenariy rollari kichik va stereotip edi.

    “Bolalar aktyordan kattalar aktyoriga o‘tish har doim qiyin bo‘ladi, — deydi aktyor Telegraph nashriga bergan intervyusida. — Buning ustiga osiyolik bo‘lsangiz, bu yuz baravar qiyinroq”.

    “Indiana Jons va taqdir ibodatxonasi”
    Foto: Legion Media

    Orzular qayerga yetakladi?

    Kuan kinoda qoldi, u rejissor yordamchisi va kaskadyor koordinatori bo‘lib ishladi, lekin har kuni u filmlarda rol o‘ynashni orzu qilardi.

    “Odatda yigirmaga kirganingizda, bu hayotingizning oltin yillari bo‘ladi. Ammo bu yoshda mening ishim telefon jiringlashini kutish edi”, — deb tan oladi u jurnalistlarga.

    Keyin u kutmay qo‘ydi. Ammo 2018-yilda “O‘ta boy osiyoliklar” filmining chiqishi va uning muvaffaqiyati bilan hammasi o‘zgardi.

    “Men bu filmni kinoteatrda uch marta tomosha qilganimni va har safar yig‘laganimni eslayman, — deydi Kuan. — Rostanam yig‘ladim, chunki film shubhasiz ajoyib edi, lekin yana bir sabab bor edi — men o‘tkazib yuborilgan imkoniyatlardan jiddiy qo‘rqardim. Men u yerda boshqa osiyolik aktyorlar bilan birga bo‘lishni xohlardim”.

    Shundan keyin Ke Xyui Kuan aktyorlik kasbiga qaytishga qaror qiladi.

    “Aktyorlikka qaytishga qaror qilganimda 50 yoshda edim, — deydi u Los Angeles Times gazetasiga. — Menga voz kechishim kerak bo‘lgan va qaytib kelmaydi deb o‘ylagan orzum haqida baland ovozda gapirish uchun jasorat kerak edi”.

    “Takasaltanglar” filmida Chank rolini o‘ynagan Jeff Koen o‘zini ko‘ngilochar muhitdagi huquqshunos sifatida qaytadan kashf etadi. U ixtiyoriy ravishda Kuanning vakili bo‘ladi va bir necha hafta o‘tgach, aktyor “Hammasi har joyda va birdaniga” filmi ijodkorlaridan qo‘ng‘iroq bo‘ladi. Koen Kuanga shartnoma imzolashda yordam beradi. Film prodyuseri filmi uchun Chank va Data bilan gaplashishga to‘g‘ri keladi deb hech o‘ylamaganini aytib, hazillashadi.

    “Hammasi har joyda va birdaniga” filmidan kadr
    Foto: Legion Media

    Kuan “Hammasi har joyda va birdaniga” filmi ssenariysini olganida film unga “Oskar” olib kelishini kutmagan. Qog‘ozda va ssenariy shaklida film unchalik jozibali ko‘rinmasdi. Bu muhojirlar oilasi haqidagi drama, aqlbovar qilmaydigan ilmiy-fantastik film va superqahramon jangovar sarguzashtlari aralashmasi edi.

    Kuan kir yuvish xizmati menejeri (Mishel Yeo)ning eri Vaymond Vangni, shuningdek, personajning bir nechta muqobil versiyalarini o‘ynadi.

    Bu film uning aktyorlik faoliyatidagi ikkinchi yutug‘i bo‘ldi va unga Amerika kinoakademiyasi mukofotini taqdim etdi.

    O‘z nutqida Kuan onasiga “u uchun qilgan qurbonliklari uchun” minnatdorlik bildirdi. “Mening onam 84 yoshda va u taqdirlash marosimini uyda tomosha qiladi. Oyi, men hozirgina “Oskar” oldim!”, – dedi u sahnadan his-tuyg‘ularga ko‘milib, oltin haykalchasini o‘pgan holda.

    Foto: Legion Media

    U akasi va rafiqasiga ham minnatdorlik bildirdi: “20 yil davomida oyma-oy, yilma-yil mening ham davrim kelishini aytgan rafiqamga rahmat”.

    Ke Xyui Kuan “Oskar” bilan yakunlangan ushbu mukofotlash mavsumida tantanali marosim va kechalarning eng mashhur mehmonlaridan biri edi. Uning yoqimli tabassumi, optimizmi va yaxshi tabiati hech kimni befarq qoldirmadi. U chin dildan va biroz bolalarcha zavq bilan dunyoga mashhur yulduzlardan birgalikda suratga tushishni so‘radi va ular bajonidil rozi bo‘lishdi.

    Stiven Spilberg bilan birga
    Foto: Legion Media

    Stiven Spilberg menga shunday dedi: “Qara, endi sen “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan aktyorsan!” Men bu odamdan bir vaqtlar bergan imkoniyat uchun juda minnatdorman”, — deydi Kuan haykalchani qabul qilib olgandan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

    Eng yaxshi film uchun “Oskar” mukofotini Xarrison Ford topshirdi. U konvertni ochdi va natijani e'lon qildi: “Hammasi har joyda va birdaniga”. Ke Xyui Kuan birinchi bo‘lib sahnaga sakrab chiqdi va Indiana Jons sagasidagi 80 yoshli hamkasbini quchoqlab, bo‘g‘ib qo‘yishiga sal qoldi.

    “Aytishlaricha, bunday voqealar faqat filmlarda bo‘ladi, — deydi Kuan ko‘z yoshlaribi tiya olmay. — Bu men bilan sodir bo‘layotganiga ishonolmayman! Bu Amerika orzusi edi! Siz orzularingizga ishonishingiz kerak. Men ishonishni deyarli to‘xtatgandim. Barchangizga aytaman — orzu qilishdan to‘xtamang!”

    Xarrison Ford bilan birga
    Foto: Legion Media
    17.03.2023, 19:38   Izoh (0)   9103
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mashhur aktyor bilan qarindoshlari ham bitta filmda rol o‘ynagan, ammo siz e’tibor bermagan holatlar (foto)

    17.03.2023, 13:37

    “O‘g‘lingiz ichib olgan, mashinada qizlar bo‘lgan ham deyishdi” — Jamila Oripova o‘g‘li Mo‘min Oripovning o‘limi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi (video)

    17.03.2023, 09:33

    Instagram: Umidaxon xonadonida to‘y, “qoshsiz qolgan” Maryam Tillayeva, 1 millionlik dovonga yetgan Bobur Mansurov

    16.03.2023, 22:30

    “O‘g‘lingiz bu ishlarni qila olmaydi”. Rejissor Zebo Navro‘zova qizi yo‘qligi — hayotidagi eng katta armoni ekanligi haqida (video)

    16.03.2023, 19:55

    AQSHdagi shaharlardan birining nomi Teylor Svift sharafiga vaqtincha o‘zgartiriladi

    16.03.2023, 16:49

    Har qanday holatda ham o‘zi ishtirok etgan filmlarni ko‘rmaydigan Gollivud yulduzlari 

    16.03.2023, 13:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.