AQSHdagi shaharlardan biri “Gremmi” mukofoti tarixidagi eng mashhur xonandalardan biri Teylor Svift sharafiga o‘zgartiriladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net” nashri.
Tez orada xonanda katta masshtabli Eras Tour’da ishtirok etadi va shu munosabat bilan Glendeyl shahri san’atkor sharafiga vaqtinchalik o‘zgaradi. Gastrolning birinchi konserti aynan o‘sha yerda, State Farm stadionida bo‘lib o‘tadi.
Shahar meri Jerri Veyers matbuot anjumanida 17-martdan 18-martgacha shahar Svift Siti deb nomlanishini ma’lum qildi.
“Shuni ma’lum qilamizki, 2023-yilning 17—18-mart kunlari Glendeyl shahrining nomi Sviftga o‘zgartiriladi va barcha sviftchilar ijtimoiy media platformalarida butun shaharni yoritadigan tabassumlarini atrofdagilar bilan baham ko‘rishlari tavsiya etiladi, chunki hayotdagi eng yaxshi insonlar — ozod insonlardir”, — deydi u.
Izoh (0)