Samarqandda yigit 11-mart kuni ovqatlanish shoxobchasidagi keksa insonni masxara qildi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, ushbu holatni sodir etib, TikTok’ka joylagan yigit ushlanib, unga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, holat ota-onasi ishtirokida muhokama qilindi.
“11-mart kuni ishxonamizga har kun keladigan amaki bilan hazillashdim va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatdim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqa qaytarilmaydi. Amakidan kechirim so‘rayman”, — deb ta’kidlagan yigit.
Izoh (0)