• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Eng ko‘p talab ichki yo‘llar masalasida bo‘ldi”. “Tashabbusli budjet” loyihasining navbatdagi mavsumi boshlanishi maʼlum qilindi

    O‘zbekistonda 18-mart kuni “Tashabbusli budjet” loyihasining navbatdagi mavsumi boshlanadi va ovoz berish jarayonlariga start beriladi. Bu haqda 16-mart kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutasaddilari maʼlum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Maʼlum qilinishicha, “Tashabbusli budjet” jarayonlari uch bosqichli kalendar rejaga asosan amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda, fuqarolar o‘z takliflarini (batafsil ko‘rinishda) qoldiradi (6-fevraldan 25-fevralgacha).

    Ikkinchi bosqichda, aholi tomonidan bildirilgan takliflar moderatsiya jarayonidan o‘tkaziladi (26-fevraldan 17-martgacha).

    So‘ngi bosqichda, moderatsiyadan o‘tkazilgan takliflar ovoz berish jarayoniga o‘tkaziladi (18-martdan 7-aprelga qadar).

    Foto: “Daryo”

    Tadbirda “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz berish tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi mexanizm ishga tushirilgani aytildi. 2023-yilgi tuman va shahar budjetlarida tashabbusli byudjet jarayonlari uchun jami 2 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 1 trillion so‘mi birinchi mavsumda ajratiladi.

    Foto: “Daryo”

    Bundan tashqari, 2023-yil boshiga mahalliy budjetlarda shakllangan erkin qoldiq mablag‘larining 30 foizi mahalliy hokimliklar tomonidan Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

    Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, shunda birinchi mavsum uchun Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalarida jami 1,7 trillion so‘m mablag‘ shakllanishi ko‘zda tutilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Vazirlik departamenti direktori Sherzod Muhamedovning aytishicha, jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflarni moliyalashtirish uchun 2023-yilda budjetdan jami 8 trillion so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi mo‘ljallangan.

    Sherzod Muhamedov
    Foto: “Daryo”

    “Shundan 2 trillion so‘mi “Tashabbusli budjet” jarayonlari uchun tuman va shahar budjetlaridan, 320 milliard so‘mi “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida tuman va shahar budjetlaridan, 4 trillion so‘mi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, joriy yilda mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalarining 30 foizi hisobiga 1,7 trillion so‘m miqdoridagi mablag‘lar Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalariga yo‘naltirilishi prognoz qilingan”, – dedi vazirlik rasmiysi.

    Vazirlik bo‘lim boshlig‘i Azimjon Hasanovning taʼkidlashicha, “Tashabbusli byudjet” loyihasi bo‘yicha joriy yil birinchi mavsumi doirasida taklif kiritish jarayonlari yakunlandi.

    Azimjon Hasanov
    Foto: “Daryo”

    “Hozirda tuman (shahar) ishchi komissiyalari tomonidan moderatsiya jarayonlari amalga oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birga, birinchi mavsum doirasida fuqarolar tomonidan jami 55,9 mingta loyihalar kelib tushgan. Hududlar kesimida eng ko‘p kelib tushgan loyihalar Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Sohalar kesimida eng ko‘p ilgari surilgan loyihalar – hududiy ichki yo‘llarni taʼmirlash yo‘nalishi bo‘yicha bo‘ldi. Fuqarolar tomonidan ushbu yo‘nalish bo‘yicha jami 14,7 mingta loyihalar ilgari surilgan hamda jami loyihalar soniga nisbatan 26 foizni tashkil etgan”, – dedi mutaxassis.

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash va jihozlash bo‘yicha 10,3 mingta (18 foiz), ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish hamda elektr energiya taʼminoti bilan bog‘liq loyihalar 6,3 mingta (11 foiz), maktabgacha taʼlim tashkilotlarini taʼmirlash va jihozlash bo‘yicha 4,4 mingta (8 foiz) hamda sog‘liqni saqlash tashkilotlarini taʼmirlash va jihozlash bo‘yicha 3,1 mingta (6 foiz) loyihalar ilgari surilgan.

    16.03.2023, 22:18   Izoh (0)   5292
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda aliment to‘lashdan qochib, uyining yerto‘lasida yashirinib yurgan erkak 15 sutkaga qamaldi

    16.03.2023, 21:25

    “Shunday davrlar bo‘ldi: tahlikalar haddan tashqari ko‘p bo‘ldi” — Zafar Hoshimov

    16.03.2023, 21:08

    Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amaliy tashrifi yakunlandi 

    16.03.2023, 20:37

    Toshkent shahridan ham tarixiy ko‘za topildi 

    16.03.2023, 20:35

    O‘zbekistonda shaharlararo yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda 

    16.03.2023, 20:10

    “O‘z-Hanwoo” o‘tkazgan qariyb 1 milliard so‘mlik tenderda tadbirkor o‘zini-o‘zi yutdi

    16.03.2023, 19:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.