Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amaliy tashrifi yakunlanib, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 15-mart kuni davlat rahbari Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuv o‘tkazdi. 16-mart kuni Anqara shahrida prezident raisligida Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammiti bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari o‘z nutqida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Sammit yakunlangach, Shavkat Mirziyoyevni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
Izoh (0)