Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi Marg‘ib ko‘chasida chinor daraxtlari yoqib ketilayotgani aytilmoqda.
Telegram’dagi “Ekologuz” kanalining xabar berishicha, ushbu hududda qurilish rejalashtirilayotgani sababli daraxtlar yo‘q qilinayotgan bo‘lishi mumkin.
Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahri boshqarmasining ma’lum qilishicha, Yangihayot tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, ushbu holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)