Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 5-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 103,87 so‘mga tushib, 12 621,29 so‘m bo‘ldi;
- yevro 88,57 so‘mga ko‘tarilib, 14 596,52 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,21 so‘mga pastlab, 158,44 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi 32,74 so‘mga oshib, 12 725,16 so‘m bo‘lgandi. Rubl ham ko‘tarilib, yevro pastlagandi. O‘zbekistonda dollar rasmiy kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 24-iyunda 12 410,99 so‘mni tashkil etdi.
Izoh (0)