Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16-martda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 3,56 so‘mga oshib, 11 449,60 so‘mni tashkil qildi. Yevro 35,12 so‘mga pastlab, 12 225,88 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,86 so‘mga tushib, 151,23 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket uch kun ko‘tarilib, 11 446,04 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.
O‘zbekistonning aksariyat tijorat banklari 15-mart kuni dollarni 11 500 so‘mdan sotishni boshladi.
Izoh (0)