Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yuk poyezdi ustiga chiqqan ikki bolani tok urdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 14-mart kuni soat 15:18 da Chinoz bekatida ikki bola — M.I. (2013-yilda tug‘ilgan) va B.B. (2012-yilda tug‘ilgan) poyezdning yuk vagoni ustiga chiqib olgan. Xavfli harakatlar natijasida ular kontakt tarmog‘ining elektr taʼminoti kuchlanishida tan jarohatlar olgan.
Ikkala bola ham zudlik bilan kasalxonaga biri — 20 foiz, ikkinchisi – 80 foiz tana kuyishi bilan yotqizilgan.
Qayd etilishicha, ushbu baxtsiz hodisada bolalar mashhur ijtimoiy tarmoqlar uchun videoga tushish va ko‘proq layk olishni maqsad qilgani oqibatida yuz bergan.
Izoh (0)