Donetsk viloyati Baxmut shahrida ukrainalik harbiylar Rossiyaning “Su-24” samolyotini urib tushirdi. Ma’lumotni Ukraina prezidenti ofisining rahbari Andrey Yermak tasdiqladi.
Rossiyaning aviatexnikasi urib tushirilgani haqidagi ma’lumotni Odessa viloyati harbiy ma’muriyati spikeri Sergey Bratchuk ham e’lon qilgan. Samolyot nishonga olingach, u Klesheevka qishlog‘iga qulab tushgan. Hozir u yerda Rossiya Qurolli kuchlarining oddiy harbiylari, shuningdek, “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining yollanma askarlari joylashgan.
[telegram_yembed_post link="https://t.me/daryo_live/79482"]
Video e’lon qilingan kadrlarda urib tushirilgan samolyotning qanday qulayotgani va yongani aks etgan. Samolyotni boshqargan uchuvchi o‘zini aviatexnikadan tashlashga muvaffaq bo‘lgan. Videoda uchuvchi parashyutining oq kanopi aks etgan. Biroq keyinchalik parashyut daraxt shoxlariga ilinib qolgani ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)