• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Konstitutsiyada davlatning majburiyatlari uch martaga ortayotgan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklari uch yarim baravarga ortmoqda” — Konstitutsiyaviy komissiya aʼzosi Zafar Xudoyberdiyev

    O‘zbekiston konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar orasida 31-modda ham juda ahamiyatli. Boisi endilikda fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari, yozishmalari va biometrik maʼlumotlarini saqlash va tarqatilishida tashqi taʼsirlardan himoya zarurati yuzaga keldi. Mazkur daxlsizlik huquqlari konstitutsiyaga kiritilmoqda va shaxsiy, oilaviy sir va maʼlumotlar noqonuniy to‘planishi va tarqalib ketishi cheklanmoqda.

    31-modda.

    Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.

    Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron xabarlari hamda boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

    Har kim o‘z shaxsiga doir maʼlumotlarni himoya qilish, shuningdek, noto‘g‘ri maʼlumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan maʼlumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.

    Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.

    Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek, unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

    Zafar Xudoyberdiyev
    Foto: “Daryo”

    Xo‘sh, nima uchun tintuv o‘tkazish va telefon so‘zlashuvini eshitishga sanksiya berish vakolati prokurordan sudga o‘tkazilmoqda? Buning ahamiyati nimada? Bu kabi savollarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Xudoyberdiyev “Daryo” nashriga bergan intervyusida javob berdi.

    “Xavotirsiz hayot kechirish mustahkamlab qo‘yilmoqda”

    Konstitutsiyani davlat bilan inson o‘rtasidagi shartnoma deyish mumkin. Maʼlumki, har qanday shartnomada taraflarning huquqlari va majburiyatlari belgilanadi. Agar yangilanayotgan Konstitutsiyada davlatning majburiyatlari uch martaga ortayotgan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklari uch yarim baravarga ortmoqda. Shu nuqtayi nazardan yangilanayotgan Konstitutsiya chinakam inson qadrini ulug‘laydigan bosh hujjatga aylanmoqda, desak yanglishmaymiz.

    Jumladan, unda insonning shaxsiy hayoti muqaddas tushunchaga aylanmoqda. Birgina 31-moddaga eʼtibor qaratsak, unda har bir fuqaro, har bir oila o‘zining shaxsiy hayoti va oilaviy sirini himoya qilish, o‘z mulkiga ega bo‘lishi va uning daxlsizligiga o‘zga shaxslarning tajovuzidan xavotirsiz hayot kechirishi mustahkamlab qo‘yilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Keyingi yillarda telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot texnologiyalari rivojlangani sari axborot va maʼlumotlarni uzatish, tarqatish jarayonlari osonlashdi va xalq ichida ommaviylashdi. Hozirgi kunda 30 milliondan ortiq yurtdoshlarimiz mobil aloqadan foydalanmoqdalar.

    Bugun ijtimoiy tarmoq va internet saytlarida shaxsning shaxsiy va oilaviy siriga oid maʼlumotlari, ming afsuski, uning roziligisiz olinishi, tarqatilishiga guvoh bo‘lyapmiz. Natijada ko‘pchilik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘z shaxsiy hayotiga, shaxsiga oid maʼlumotlarning tarqalishiga oid huquqbuzarlikdan jabr ko‘rmoqdalar.

    Bunday sharoitda fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari, yozishmalari va biometrik maʼlumotlarini saqlash va tarqatilishida tashqi taʼsirlardan himoya zarurati yuzaga kelmoqda. Shu nuqtayi nazardan Konstitutsiyada daxlsizlik huquqi sifatida shaxsiy, oilaviy sir va maʼlumotlarning noqonuniy to‘planishi va tarqalib ketishi cheklanmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar, pochta, elektron xabarlar sir saqlanishi huquqi berilmoqda. Bu huquqning cheklanishiga esa faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda.

    Endilikda har kim o‘z shaxsiga doir maʼlumotlarni himoya qilish, shuningdek noto‘g‘ri maʼlumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan maʼlumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ham ega bo‘lmoqda.

    Yana bir muhim jihatlardan biri — hech kimning uy-joyiga unda yashovchi shaxslarning ruxsatisiz kirish mumkin emasligi ham konstitutsiyaviy norma sifatida mustahkamlanmoqdaki, uy-joyga kirishga, ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Ayniqsa, uy-joyda tintuv o‘tkazish faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladigan bo‘lmoqda. Buni uy-joyga bo‘lgan huquq daxlsizligi deyish mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Shuni alohida taʼkidlash joizki, tintuv va telefon so‘zlashuvlarini eshitish ham sud tomonidan belgilanishi, bunga qay darajada zaruriyat borligi xolis va mustaqil sudya tomonidan baholanishi belgilanmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, shaxsiy hayot daxlsizligi ham Konstitutsiyada mustahkamlanmoqda.

    Sir emaski, bir necha yillardan buyon jamiyatimizda o‘tkir muammolardan biriga aylangan “snos” bilan bog‘liq muammo dolzarblik kasb etayotgandi. Bunga oqilona yechim sifatida hech kim sudning qarorisiz uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi hamda uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi taʼminlanishi ham mustahkamlanmoqda. Yangilanayotgan Konstitutsiyaning xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bu boradagi muammolarga ham barham beradi. Umuman olganda, inson qadri ulug‘langan jamiyat va xalqparvar davlat deganlari shu bo‘ladi.

    Zafar Xudoyberdiyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

    Konstitutsiyaviy komissiya aʼzosi, iqtisodiyot fanlari doktori

    14.03.2023, 18:09   Izoh (0)   3607
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘lim jazosi bekor qilinganidan keyin jinoyatchilik ko‘payganmi? Huquqshunos javobi

    14.03.2023, 17:43

    Senat Konstitutsiyaviy qonunni va uni umumxalq referendumiga qo‘yishni ma’qulladi

    14.03.2023, 17:28

    Toshkent  va Urganch o‘rtasida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

    14.03.2023, 17:13

    Komil Allamjonov AQSH elchisi bilan YouTube monetizatsiyasining cheklanishi yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi

    14.03.2023, 16:57

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    14.03.2023, 16:09

    Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri bilan ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish masalasini muhokama qildi 

    14.03.2023, 15:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.