Transport vazirligi Toshkent va Urganch o‘rtasida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilishini e’lon qildi.
Vazirlik axborotiga ko‘ra, bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida 19, 21-mart kunlari 156-sonli Toshkent—Urganch yo‘nalishi va 2023-yilning 20, 22-mart kunlari 155-sonli Urganch—Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 2 ta reys harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 19-mart Toshkent—Urganch yo‘nalishi: Toshkent 23:58 — Urganch 14:16;
- 20-mart Urganch—Toshkent yo‘nalishi: Urganch 17:42 — Toshkent 07:06;
- 21-mart Toshkent—Urganch yo‘nalishi: Toshkent 23:58 — Urganch 14:16;
- 22-mart Urganch—Toshkent yo‘nalishi: Urganch 17:42 — Toshkent 07:06.
Сhiptalarni temiryo‘l kassalaridan va elektron tarzda chipta.railway.uz orqali xarid qilish mumkin.
Avvalroq Samarqand—Toshkent—Samarqand “Afrosiyob” elektropoyezdi yo‘nalishida qo‘shimcha 6 ta reys harakati, Toshkent—Qarshi—Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 2 ta reys harakati yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, 20-martdan boshlab Shahrisabz—Samarqand—Shahrisabz yo‘nalishida tezyurar yo‘lovchi poyezd harakati boshlanadi.
Izoh (0)