Daryo

Senat Konstitutsiyaviy qonunni va uni umumxalq referendumiga qo‘yishni ma’qulladi

Qonun uch kun ichida matbuotda va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish6 930 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrida 14-mart kuni Oliy Majlis Senatining o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Senat axborot xizmati

Yalpi majlisda senatorlar, hukumat a’zolari, davlat organlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.

Yalpi majlisni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib borgan. Unda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masala ko‘rib chiqilgan. Senat mazkur qonunni va uni umumxalq referendumiga qo‘yishni ma’qullagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar