• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    “Inqiroz davridagi o‘sish”: 2022-yil qanday qilib O‘zbekiston IT sohasi uchun eng muvaffaqiyatli yilga aylandi?

    IT Park R&D mutaxassisi Timurmalik Elmuradovning O‘zbekiston 2022-yilda qanday qilib IT sohasida keskin burilish qilgani haqidagi tahlili va fikrlarini taqdim etdi.

    Foto: IT Park

    Dunyoda geosiyosiy inqiroz avj olayotgan bir paytda O‘zbekiston IT sohasi o‘ziga xos inqilobni boshdan kechirdi. 

    Buning uchun poydevor bir necha yil muqaddam qo‘yilgan edi, biroq aynan 2022-yilda mamlakat Markaziy Osiyoning IT xabi deb atalishiga shunchaki so‘zda emas, balki real ma’noda yaqinlashdi.

    Oddiy misol, yil boshida IT-xizmatlar eksportini 100 million dollarga yetkazish maqsad qilingan edi, ammo natijalar kutilgandan yaxshiroq bo‘ldi. Ko‘rsatkich 140 million dollarga yetdi.

    Yana bir misol — IT-eksportchilar soni. Xususan, 2021-yilda ular 104 tani tashkil etdi. Bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich ikki barobarga oshishi ko‘zlangan edi, ammo natija o‘laroq uch baravarga o‘sdi.

    AQSH asosiy eksport bozoriga aylandi. Eksport umumiy hajmining 81 foizi o‘zining yuqori sifat standartlari bilan mashhur bo‘lgan mamlakatga to‘g‘ri keldi.

    Shu asnoda, 2022-yilda ham mahalliy, ham xorijiy IT-kompaniyalar, startaplar, investorlar, ta’lim va boshqa tashabbuslar soni ko‘paydi.

    Mantiqiy savol tug‘iladi, “o‘sish sur’atlarining tezligi sababi nimada?”, “Nega aynan hozir?”. Ularga beriladigan javob ham aniq.

    “Inqiroz — imkoniyatlar vaqti”

    O‘zbekistonda IT-kompaniyalar uchun ekstraterritorial erkin iqtisodiy zona hisoblangan IT Park 2019-yilda tashkil etilgan edi.

    Nok ham o‘zining to‘rtinchi yilida meva bera boshlaganidek, IT Park tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar ham o‘z samarasini bera boshladi.

    Dunyoda yuzaga kelgan geosiyosiy inqiroz ushbu jarayonni sekinlashtirmadi, aksincha, uni bir necha barobarga tezlashtirdi.

    Masalan, 2022-yilning bahorida IT Park IT-mutaxassislarni O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha “TashRush” nomli relokatsiya dasturini ishga tushirdi.

    Qizig‘i shundaki, dastur bir necha oy davomida tayyorlanayotgan edi, lekin uning faol bosqichi Rossiya-Ukraina mojarosining boshlanishiga to‘g‘ri keldi, natijada ko‘plab rossiyalik IT mutaxassislari yashash joyini o‘zgartirishga qaror qilishdi.

    “TashRush” bu shunchaki mamlakatga taklif qilish dasturi emas, yo‘q, bu yangi uy izlayotganlar uchun bepul xizmatlar majmuasidir.

    Dastur sharofati bilan O‘zbekistonga 3 mingdan ortiq xorijlik IT-mutaxassislar o‘zlari bilan yangi bilimlar, kompaniyalar, jamoalar va sarmoya olib kelishdi. O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi IT-kompaniyalar umumiy soni 89,8 foizga oshdi.

    Natijalarni salmoqli deyish mumkinmi? Agar ikkinchi o‘rinda turgan savdo sohasidagi kompaniyalardagi o‘sish atigi 27,4 foizni tashkil etganini hisobga olsak, ha, shubhasiz.

    “TashRush” bilan parallel ravishda IT Park O‘zbekiston hududiga uch yilgacha to‘siqsiz kirish va chiqish huquqini beruvchi “IT Visa” dasturini ishga tushirdi.

    2022-yil oxirida vizani qo‘lga kiritish uchun 229 ta tavsiya berildi. Shu o‘rinda, ariza beruvchilar orasida nafaqat dasturchilar, balki menejerlar va investorlar ham bor edi.
    Qolaversa, soliq xavfi yuqori bo‘lgan kompaniyalar toifasiga kirmasdan masofadan turib ishlash imkonini beruvchi “Virtual ofis” xizmati paydo bo‘ldi.

    “OneStopShop” tamoyili bo‘yicha ro‘yxatga olish xizmatidan esa 100 dan ortiq kompaniyalar foydalanib ulgurdi.

    Natijada 2022-yil oxiriga kelib IT Park rezident kompaniyalari soni ilk bor 1 000 tadan oshdi.
    Ulardan 151 tasi biznes jarayonlari autsorsingi (BPO) bilan shug‘ullanadi. Bu esa alohida mavzu.

    BPO — O‘zbekistonning potensial yangi paxtasi

    Ko‘pgina davlatlar IT Nation bo‘lishga harakat qildi. Biroq, Kremniy vodiysidan ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirish muvaffaqiyat kalitiga aylanishi qiyinligini tushunganlargina olg‘a siljidi.

    So‘z barcha sohalarni rivojlantirgan, ammo aynan bir sohaga raqobatbardoshlik borasida ustunlikka ega bo‘ladigan jabha sifatida e’tibor qaratgan mamlakatlar haqida bormoqda.

    Masalan, Isroil bugungi kunda o‘zining medtech startaplari, Hindiston kod yozuvchi dasturchilari, Belarus o‘yin dasturchilari, Rossiya esa fintech mahsulotlari bilan mashhur.

    O‘zbekiston misolida bu tamal toshi BPO, ya’ni biznes-jarayonlar autsorsingi bo‘ldi.

    “Yangi paxta”ga aylanishi mumkin bo‘lgan xizmat o‘tgan yili 65,1 million dollar daromad keltirgan, bu esa, IT eksportining deyarli yarmini tashkil etadi.

    Jumladan, 2022-yilda mamlakatda 17 ta BPO markazi ochildi, ularda 450 dan ortiq xodim faoliyat olib boradi.

    BPO yo‘nalishini rivojlantirish o‘zini oqlaganligi sababli, IT Park hozirda Jahon banki bilan birgalikda “Uzbekistan Digital Inclusion” loyihasi ustida ishlamoqda.

    Bu O‘zbekistonga o‘zini dunyoga yangi autsorsing manzili sifatida ko‘rsatishga yordam berishi kutilmoqda.

    IT Park mazkur ulkan maqsadga erishishda IT-ta’limni kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda davom etmoqda. Fikr tasdig‘i o‘laroq, 2022-yilda tarixiy voqea yuz berdi.

    Ilk Onlayn Universitet va IT4Women

    O‘zbekistonda islohotlar boshlanishi bilan universitetlar soni keskin ko‘paydi. O‘tgan yili mamlakat tarixida ilk onlayn universitet paydo bo‘ldi.

    Gap dunyodagi yetakchi maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilardan biri, S&P 500 a’zosi EPAM bilan hamkorlikda yaratilgan oliy ta’lim muassasasi IT Park University haqida ketmoqda.

    2022-yilda universitetga 399 kishi o‘qishga kirdi, shundan 84 foizi bakalavr bosqichiga hujjat topshirdi. Qolgan 16 foizi esa IT asoslarini o‘rganishdan boshlashga qaror qildi.

    2023-yilda IT Park University eng ilg‘or talabalarning birinchi guruhini Litva, Latviya va Polshaga yuborish orqali xalqaro amaliyot dasturini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

    O‘zbekiston IT-ta’limni rivojlantirar ekan, ko‘plab mamlakatlarga tanish bo‘lgan muammo, gender tengsizlikka duch keldi.

    Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida IT Park 2022-yilda bir nechta tashabbuslarni ilgari surdi:

    IT Women — Karakalpakstan: USAID bilan Qoraqalpog‘istondagi ayollar va qizlar uchun qo‘shma trening dasturi doirasida 60 nafar ayol-qizlarimiz uchun grafik dizayn va SMM bo‘yicha bepul treninglar tashkil etildi.

    Skills4Girls: UNICEF bilan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar, jumladan, turli nogironligi bo‘lgan qizlar uchun IT bo‘yicha qo‘shma trening loyihasi. Dastur doirasida 214 nafar ishtirokchi, jumladan, 70 nafar imkoniyati cheklangan qizlar o‘qitildi.

    GAP: Ayollar IT klubi. Ushbu klub a’zolari o‘zaro fikr almashishi, tanishlar orttirishi va hamkorlik uchun hamfikrlarni topishi mumkin bo‘lgan ayollar uchun muloqot platformasiga aylanib bormoqda.

    Digital Internship Program: IT bo‘yicha bitiruvchilar va boshlang‘ich bosqichdagi yosh mutaxassislar uchun amaliyot dasturi. Uning doirasida 23 nafar qiz ishga joylashdi.

    Ushbu va boshqa dasturlar IT sohasiga ko‘proq ayollarni jalb qilish, IT faqat erkaklar uchun mo‘ljallangan qabilidagi stereotip fikrlardan xalos bo‘lish imkonini beradi.

    “Intilganga tole yor”

    IT Park 2022-yilda salmoqli ishlarni amalga oshirdi, ammo 2023-yilda yanada ko‘proq vazifalar belgilangan, jumladan:

    • rezidentlar eksporti hajmini 300 million dollargacha oshirish;
    • Coursera platformasida 1,2 million kishi uchun o‘quv treningi tashkil etish;
    • ta’lim muassasalarini rag‘batlantirish dasturini joriy etish;
    • va boshqalar.

    Eng muhim o‘zgarishlardan biri rezidentlar faoliyatini kengaytirish bo‘ladi.

    Misol uchun, bozorda grafik, web, 3D va motion dizayn bo‘yicha mutaxassislarga talab ortib borayotgani sababli, ijodiy industriya ham soha sifatida siraga kelib qo‘shiladi.

    O‘zbekiston mintaqaviy xab sifatida shakllanayotganligi sababli xorijiy kompaniyalar uchun Moliyaviy texnologiyalar markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

    Bundan tashqari, joriy yil ilk marotaba umumiy mukofot jamg‘armasi 1 000 000 dollarini tashkil qiluvchi “President Tech Award” startaplar tanlovi o‘tkaziladi.

    Bu keyingi 10 oyga rejalashtirilgan asosiy yo‘nalishlar xolos.

    2022-yilda O‘zbekiston noaniqlik sharoitida olg‘a siljishga muvaffaq bo‘ldi.

    2023-yilda erishilgan yutuqlar shunchaki omadli tasodif emasligini isbotlash lozim. Bu esa yanada qiyinroq vazifa.

    Muallif haqida ma’lumot:

    Timurmalik Elmuradov — tahlilchi, R&D (research and development) mutaxassisi, “Oliy iqtisodiyot maktabi” tadqiqot universiteti magistri.

    “Univer Club Family” (Rossiya) kompaniyalar guruhi, Daryo.uz internet nashrida rivojlanish uchun mas’ul bo‘lgan, Spot.uz sayti sobiq rahbari va ta’sischisi.

    07.03.2023, 21:10   Izoh (0)   2532
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston rossiyaliklar orasida 8-martda sayohat qilish uchun eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi

    07.03.2023, 13:11

    Ochiqlanmagan yil yakunlari: O‘zbekiston avtomobillarni sotishdan ko‘ra ko‘proq sotib olmoqda

    06.03.2023, 18:34

    AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish belgilarini sanadi. Unda O‘zbekiston orqali yetkazib berish ham bor

    06.03.2023, 16:55

    Bo‘stonliqdagi dam olish maskani 61 mlrd so‘mga sotildi

    06.03.2023, 13:20

    IT Park oyiga 500 dollar topadigan dasturchi haqida hikoya qildi

    04.03.2023, 20:55

    Ilon Mask shaxsiy samolyotdagi parvozlar soni bo‘yicha barcha milliarderlarni ortda qoldirdi

    03.03.2023, 23:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 may, 23:40

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    Dunyo | 16 may, 23:30

    Toshkentdagi go‘zallik salonida ayolning yuzi 80 foiz kuydirib qo‘yildi

    O‘zbekiston | 16 may, 23:16

    Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

    Sport | 16 may, 23:06

    Dunyoning eng badavlat insonlarning rafiqalari qanday ko'rinishda?

    Layfstayl | 16 may, 23:05

    Fransiyada 200 dan ortiq fermer cheklovlarni bekor qilish uchun namoyishga chiqdi

    Dunyo | 16 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.