Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 27-fevral kuni tadbirkor akasiga tegishli chorva mollarini hokimlik binosi yoniga haydab borgani haqida xabar berilgandi. Viloyat IIB holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.
Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilgan. Fuqaro Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani aniqlangan.
“Mazkur huquqbuzarlik yuzasidan to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudiga yuborildi. Sudning 2023-yil 3-mart kunidagi qaroriga ko‘ra huquqbuzar J.P.ga yetti sutka qamoq jazosi tayinlandi”, — deyiladi viloyat IIB axborot xizmati munosabatida.
Izoh (1)
холатни тўлиқроқ ёритиш мумкинси шунчаки сарлавхани ўзини ёзиш билан чекланмасдан