• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Davlatning kredit sifatida ajratgan 4 mlrd so‘m pulini shaxsiy ehtiyojga sarflab, javobgarlikdan qutilib qolaman deyish xato” — G‘uzor tumani hokimi

    G‘uzor tumani hokimligi tadbirkorning hokimlik binosiga chorva mollarini haydab kelgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

    Aniqlanishicha, 2023-yilning 27-fevral kuni g‘uzorlik fermer Ixtiyor Panjiyevning ukasi Jasur Panjiyev kredit mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanib, qamoqqa olingan akasini qamoqdan chiqarishni talab qilib o‘ziga tegishli chorva mollarini tuman hokimligi binosi oldiga haydab kelgan.

    Maʼlum bo‘lishicha, G‘uzor tumanidagi “Yetti saodat nuri‘ MCHJga 2020-yil 13-may kuni AT “Xalq banki” G‘uzor filiali tomonidan 4 milliard 278 million so‘m miqdoridagi kredit mablag‘i ajratilgan. Fermer esa bu mablag‘ga Avstriyadan 152 bosh zotli qoramol olib kelgan.

    “Yetti saodat nuri' MCHJ rahbari Ixtiyor Panjiyev biznes rejada ko‘rsatilgan ‘Chorvachilikni rivojlantirish, go‘sht va sut mahsulotlari sotish‘ faoliyati bilan shug‘ullanmasdan, 2020-yilning sentabr-noyabr oylarida Avstriyadan olib kelingan 4 milliard 278 million so‘mlik 152 bosh naslli yirik shoxli chorva mollarining 2 milliard 561 million 445 ming 600 so‘mga baholangan 98 boshini nomaʼlum shaxslarga sotib yuborgan.

    Viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi tomonidan nobud bo‘lgan chorva mollarining birortasida yuqumli va boshqa kasalliklar aniqlanmagan bo‘lsa-da, 2021-yilning 22-fevral va 27-iyul kunlari chorva mollari turli kasalliklar sababli o‘lganligi to‘g‘risida qalbaki dalolatnomalar rasmiylashtirib, bankning juda ko‘p miqdorda kredit mablag‘larini o‘zlashtirilgan.

    Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi departamentning G‘uzor tumani bo‘limi tomonidan 2023-yil 29-yanvar kuni “Yetti saodat nuri” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Ixtiyor Panjiyev AT ”Xalq banki” G‘uzor filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, — deyiladi G‘uzor hokimligining rasmiy munosabatida.

    Taʼkidlanishicha, holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayonida jamiyat rahbariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    “Bank kreditini ajratish jarayonida MCHJga tegishli yer maydonlari yetarli ekanligi eʼtiborga olingan. Xususan, G‘uzor tumani hokimining 2019-yil 10-iyundagi va 2021-yil 29-yanvardagi qarorlariga asosan MCHJga jami 81,5 gektar, shundan 78,46 gektar sug‘oriladigan yer maydonlari ajratib berilgan. Yer kodeksining 46-1-moddasi 1-qismi 3-bandida chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishga ixtisoslashganlarga ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun (shartli bir bosh qoramol uchun) sug‘oriladigan yerlardan — kamida 0,3 gektar va lalmikor yerlardan — kamida 1 gektar o‘lchamda ajratilishi nazarda tutilgan. Ushbu qonun normalariga ko‘ra, ‘Yetti saodat nuri‘ MCHJ tomonidan keltirilgan 152 bosh chorva mollari uchun jami 45,6 gektar yer maydoni talab etiladi. (MCHJga 36 gektar sug‘oriladigan yer maydoni meʼyordan ortiq ajratib berilgan.) ‘Yetti saodat nuri‘ MCHJ rahbari Ixtiyor Panjiyevning yana qo‘shimcha yer maydoni ajratish haqidagi og‘zaki murojaatiga javoban unga qonun talablari tushuntirilgan”, — deydi tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Xudoyberdi Yo‘ldoshev.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan tuman hokimi Bekzod Suyunovning eslatishicha, prezidentning 2021-yil 8-iyundagi qarori asosida mahalliy hokimliklardan yer berish vakolati olingan. Shunga qaramasdan tuman hokimi o‘z vakolatidan kelib chiqqan holda fermerni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

    “Fermerga kelgusida yer maydonini faqatgina auksion savdolari orqali olish tartibi tushuntirilgan. Bundan tashqari, tuman Irrigatsiya bo‘limi va tuman Nasos stansiyalari G‘uzor uchastkasidan olingan maʼlumotga ko‘ra, jamiyatga qarashli yer maydonini sug‘orish uchun yetarli miqdorda suv bo‘lgan va qo‘shimcha foydalanish uchun jamiyatda mavjud nosoz yer osti qudug‘i taʼmirlanib, suv chiqarish nasoslari o‘rnatib berilgan. Shuningdek, mahalliy hokimlik tomonidan mazkur fermer xo‘jaligiga bepul texnika xizmatlari ko‘rsatilgan va boshqa homiylik yordamlari bilan qo‘llab-quvvatlanib kelingan. Birgina, 2022-yilning oktyabr oyida tuman hokimligi tomonidan tumandagi yuqori unumli texnikalar jalb etilib, MCHJning 50 gektar yer maydonini 25 million 400 ming so‘mlik yer tayyorlash ishlari bepul bajarib berilgan. Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimining aloqa xati orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank va AT ‘Xalq banki‘ raislaridan ajratilgan kredit foizi va asosiy qismini so‘ndirishni vakolati doirasida biroz muddatga to‘xtatib turish haqida amaliy yordam so‘ralgan. Biz fermerni qo‘llab-quvvatlashga, qonuniy ko‘mak berishga tayyormiz”, — deydi bu xususida “Daryo” savollariga javob bergan G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov.

    04.03.2023, 10:03   Izoh (0)   8704
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ehtiyojmand toifalarni uy-joy bilan taʼminlash Konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanishi maqsadga muvofiqdir” — yuridik fanlari doktori Saxipjamal Joldasova

    04.03.2023, 09:13

    Toshkentda Yangi O‘zbekiston ko‘chasiga olib chiquvchi yo‘l 1 oyga yopildi

    04.03.2023, 09:03

    “Alloh yo‘lida sadaqa qilishdan qo‘rqmaslik kerak” — Nuriddin Xoliqnazarov

    04.03.2023, 08:51

    Navoiyda 100 ming so‘mlik soxta pul chiqargan yigit ushlandi

    04.03.2023, 08:30

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida tashqi savdo qo‘shma kompaniyasi tuzildi

    03.03.2023, 23:44

    O‘zbekistonda “Ryodan” yoshlar harakatining muxlislari borligi xabar qilindi

    03.03.2023, 23:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kevin de Bryuynening keyingi manzili qaysi chempionat bo‘lishi ma‘lum bo‘ldi — manba

    Sport | 25 may, 14:16

    Xitoy aeroportida ayol yuzni aniqlash skaneridan o‘tolmagani uchun makiyajini o‘chirishga majbur bo‘ldi (video)

    Layfstayl | 25 may, 14:11

    O‘zbekistonda imtiyozli toifaga kiruvchilar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxati qayta tasdiqlanadi

    O‘zbekiston | 25 may, 13:22

    Rossiyaning Ukrainaga raketa va dronlar bilan qilgan hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam vafot etdi

    Dunyo | 25 may, 12:43

    FIFA prezidenti Klublar o‘rtasidagi JCHda Ronalduning ishtirokiga ishora qildi: “Hali vaqt bor” (video)

    Sport | 25 may, 12:39

    Erta hosil va qimmat narx: O‘zbekistonda gilos mavsumi boshlandi

    O‘zbekiston | 25 may, 12:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.