Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan avariyada 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat hududidan o‘tuvchi Shimoliy aylanma yo‘lda 4-mart kuni “KamAZ” va Cobalt yengil avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Yengil avtomobil haydovchisi va uch nafar yo‘lovchi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari voqea joyida halok bo‘lgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)