• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo kundaligi”da 1-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 1-martda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e‘tiboringizga havola etadi.

    Ukraina va Rossiyaning shiddatli jang maydoni, Baxmutdan chekinish

    Bir necha oydan janglar kechayotgan Donetskdagi Baxmut shahridan ukrainalik harbiylar “strategik chekinish”ni boshlashi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Aleksandr Rodnyanskiy CNN telekanaliga ma’lum qildi.

    Xabarga ko‘ra, Rossiya hozir Baxmutni o‘rab olishga urinmoqda va buning uchun ular eng sara ‘Vagner’ bo'linmalaridan foydalanyapti

    “Ko‘rinishidan, ular juda yaxshi o‘qitilgan va katta tajribaga ega. Bizning armiyamiz barcha variantlarni ko‘rib chiqishga urinadi. Ular hozircha shaharni ushlab turibdi, lekin kerak bo‘lsa, strategik orqaga chekinadi, chunki biz odamlarning barchasini bekordan bekorga qurbon qilmoqchi emasmiz”, — degan maslahatchi. Uning ta’kidlashicha, chekinish haqidagi qaror Ukraina harbiylarining ixtiyorida qolmoqda.

    Manbaning qayd etishicha, Baxmutdan g‘arbdagi hudud mustahkamlangan, shuning uchun Ukraina Qurolli kuchlari shahardan chekingan taqdirda ham, Rossiya kuchlari tezda oldinga siljiy olmaydi.

    Hozirda Rossiya Baxmutni egallash uchun kuchli tajribaga ega Vagner jangchilaridan foydalanayotgan bo‘lsa, Ukraina Qurolli kuchlarining harbiy salohiyati qay darajada?

    CNN xabariga ko‘ra, fevral oyida AQSH Mudofaa vazirligi 1000 dan ortiq ukrainalik harbiylarni jangga tayyorladi.

    Xususan, Oklaxoma shtatidagi Fort-Sillda Patriot havo mudofaa tizimi bilan ishlovchi guruh tayyorlanmoqda va ular tez orada tayyorgarlikni yakunlab ortga qaytadilar.

    Bugungacha Ukraina harbiylari Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya va Polsha kabi boshqa G‘arb davlatlarida ham o‘qitilmoqda. 

    Xususan Germaniyadagi Ukraina askarlari Leopard 2 tankini boshqarishni o‘rganayotgan bo'lsa, Buyuk Britaniyadagi ukrainalik uchuvchilar esa G‘arb jangovar samolyotlarida mashq qilishni boshlagan.

    Yevropa Ittifoqi davlatlari atom energetikasini mustahkamlash uchun birlashmoqchi, Rossiya bunda qaysi yo‘ldan boradi?

    Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya, Finlyandiya, Fransiya, Vengriya, Niderlandiya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya va Sloveniya mavjud atom stansiyalari bilan bir qatorda “yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga” kelishib oldi. Bu haqda Stokgolmdagi Yevropa Ittifoqi energetika vazirlari yig‘ilishi bayonotida xabar berildi.

    Misol uchun, uzoq vaqtdan beri atom energiyasiga tayanib kelgan Fransiya Yevropa atom energetikasi bo‘yicha yaqinroq aloqalarni o‘rnatishga harakat qilmoqda. Fransiyaning maqsadi “Yadroviy ittifoq yaratish” hisoblanadi. 

    Ammo bu masalaga bir qancha davlatlar keskin qarshilik ko‘rsatmoqda. Tanqidlar asosan Germaniya va Ispaniya tomonidan bo‘lyapti. 

    Hozirda Yevropa Ittifoqi elektr energiyasi bozorini isloh qilish masalasini muhokama qilmoqda. Blok bu borada hali bir to'xtamga kelmadi. 

    Yevropa davlatlari kelajak uchun himoya rejasini tuzayotgan ayni vaziyatda neft embargosiga uchragan Rossiya Hindistonga maksimal miqdorda neft yetkazmoqda. Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra, fevral oyida Nyu-Dehli Rossiyadan kuniga taxminan 1,85 million barrel neft import qilgan.

    Dengizdagi neft ta’minoti uchun narx chegarasi kuchga kirgandan so‘ng, Rossiya resursining katta qismi Xitoy va Hindistonga yo‘naltirildi. 

    Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston neftni Rossiyadan chegirma bilan sotib oladi va qayta ishlangach, yonilg‘ini Yevropaga jo‘natadi.

    O’zbekistonga kirib kelayotgan AQSH va Rossiya hamkorliklari

    Toshkentda 1-mart kuni O‘zbekiston—AQSH muzokaralari boshlandi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston—AQSH strategik sherikligini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish.

    "Biznes almashinuvlari uchun qulay sharoitlar yaratish, O‘zbekiston kadrlar salohiyatini oshirish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va boshqa qator masalalar bo‘yicha harakatlarimizni birlashtirishga kelishib oldik”,– deb yozadi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov o‘z Telegram kanalida.

    Bu AQSH davlat kotibining O‘zbekistonga birinchi tashrifi hisoblanadi. Ushbu tashrifdan avval Blinken Qozog‘istonning Ostona shahrida “C5+1” formatidagi (Markaziy Osiyo + AQSH) uchrashuvda ishtirok etdi.

    Ushbu yig‘ilishda AQSh va Markaziy Osiyoning 5 ta davlati, xususan O'zbekiston ham iqtisodiy, energetika, atrof-muhit va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

    Shu bilan birga O'zbekistonga hamkorliklar uchun kirib kelayotgan davlat faqat AQSH gina emas.

    Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Rossiyaning LLK-International kompaniyasi Toshkent yo'llarini ta’mirlashga yordam beradi. Bunga Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov hamda LLK-International mutasaddilari bilan uchrashuvda kelishildi.

    Bundan tashqari “Rosatom” korporatsiyasi, elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish uchun Toshkentga mutaxassislarni yuborishi ma'lum qilingan.

    01.03.2023, 23:20   Izoh (0)   6040
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OAV: Putin Livandagi falastinliklarga 350 dollardan to‘lab, Ukrainadagi urushga yollamoqda 

    01.03.2023, 23:15

    Turkiyadagi zilzilani oldindan bashorat qilgan seysmolog mart oyida “megazilzila” kuzatilishini aytdi (video)

    01.03.2023, 23:05

    “Koronavirus emas”: JSST yangi pandemiya boshlanishidan ogohlantirdi 

    01.03.2023, 22:15

    Putin mansabdor shaxslarning xorijiy so‘zlarni ishlatishini taqiqladi

    01.03.2023, 21:10

    Xitoy rossiyaparast dezinformatsiyaga milliardlab pul sarflamoqda — The Guardian

    01.03.2023, 20:50

    Ukraina Rossiyaga hujum qiladimi? Zelenskiy ofisi javob berdi

    01.03.2023, 18:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda aholini ro‘yxatda olishda noqonuniy migrantlar hisobga olinmaydi

    Dunyo | 8 avgust, 12:22

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Belgiya hududi orqali Isroilga harbiy yuk tashishni taqiqladi

    Dunyo | 8 avgust, 12:15

    Ishtahani kamaytirib, ozishga yordam beradigan 7 ta foydali mahsulot

    Salomatlik | 8 avgust, 12:05

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.