• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Anomal sovuq sharoitida chorva mollarini asrab qolish uchun qanday choralar ko‘rish kerak?

    O‘zbekistonda yanvar oyida kuzatilgan anomal sovuq chorvachilik sohasiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Qoramollarda kasalliklar paydo bo‘lgani, olinadigan sutning hajmi va sifati tushib ketgani aytildi. “Daryo” muxbiri Hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Habibullo Hamdamovdan sovuq haroratda uy hayvonlarini qanday asrash kerakligi bo‘yicha tavsiyalarini so‘radi.

    Habibullo Hamdamov
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Mutaxassisning aytishicha, anomal sharoitda uy hayvonlarini parvarishlashda ularning fiziologiyasini inobatga olish kerak. Odatda qoramol, mayda shoxli mollarning tana harorati inson haroratidan 2—3 daraja yuqoriroq bo‘ladi. Chunki ular mahsuldor hayvon — moddalar almashinuvi tez olib boriladi va sovuqqa chidamliroq bo‘ladi. Xo‘sh, keyingi yillarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan qahratonda chorva mollarini omon saqlab qolish uchun nimalarga e’tibor berish muhim?

    Ishni molxonani to‘g‘ri qurishdan boshlash kerak

    Hayvonlarda nasl yaxshilanib, mahsuldorlik yuqorilashi uchun, birinchi navbatda, molxonaning qurilishiga e’tibor qaratish kerak. Zoogigiyenik holati yaxshi bo‘lgan chorva yaxshi mahsulot yetkazib beradi. Anomal sovuq vaqtida ular uchun asosiy xavf sovuq haroratning o‘zi emas, balki og‘ilxonadagi yuqori namlik hisoblanadi.

    Sovuq tushgach, barcha joylar, tirqishlar yopib qo‘yiladi. Bu orqali ventilyatsiya tizimi ishlashdan to‘xtaydi va binoda namlik oshib boradi. Yuqori namlikdan keyin fizik qonunga ko‘ra konveksiya jarayoni boshlanadi, ya’ni issiqlik badandan tezroq ketadi. Bundan tashqari, -15 — -20 daraja sovuqda namlikdan so‘ng muzlash paydo bo‘ladi. Yuzalar muzlaydi, hayvonlarda travmatizm holati boshlanadi yoki hayvon yotgan vaqti uning ba’zi bir tana qismlari muzlab qoladi. 

    Shu sababli, avvalo, molxonani tez-tez shamollatib turish kerak, albatta, yelvizaklarni yopgan holda. Ventilyatsiya tizimi hayvonga shikast yetkazmasdan olib borilishi zarur, molxonada namlik pasayib borganidan keyin, hayvonning ozuqa iste’mol qilishi yuqorilab boradi.

    Chorva ko‘p suv ichishi kerak

    E’tibor qaratish kerak bo‘lgan ikkinchi jihat — hayvonni yaxshilab sug‘orish zarur. Agar chorva mol suv iste’mol qilmasa, organizm ichidagi fiziologik tizimlar ishlamaydi, shu sababli ozuqani ham yemaydi. Agar hayvon ozuqa iste’molini to‘xtatsa, sovishni boshlaydi. 

    Shuning uchun mutaxassislar avtomatik sug‘orish tizimlarini yo‘lga qo‘yishni tavsiya qiladi. Bunda molxonada kamida ikkita katta bak bo‘ladi, undagi suv aylanib, sirkulyatsiya hosil qiladi. Buning natijasida hayvonni doimiy iliq suv bilan sug‘orib turish tizimi paydo bo‘ladi. Bu usul dunyoning chorvachilik rivojlangan mamlakatlarda, xususan, Kanadada ham yo‘lga qo‘yilgan. U yerda ekstremal sovuq odatiy hol, ammo yuqoridagi omilga amal qilgani sababli chorva hech qanday zarar ko‘rmaydi.

    Hayvonlar tagiga quruq to‘shama

    Chorvani sovuqdan himoya qilishdagi yana bir usul — bu ularga qulay, quruq to‘shama yaratish. Chunki ular yerda yotgan vaqtida tagi ho‘l yoki nam bo‘lmasligi kerak. Aks holda, tag qismdagi harorat oshib yoki tushib ketishi mumkin.

    Tananing eng ko‘p shikastlanadigan a’zosi — yelin. U ko‘proq shikastlanadi. Agar pastdagi namlik sabab ko‘zga ko‘rinadigan muzlashlar paydo bo‘lsa, vaziyat xavfliroq tus oladi. Chunki ularning miqyosi keng, shamollash organizmga sezdirmay kirib boradi. Masalan, 20 litr sut beradigan hayvonning ko‘rsatkichlari 14—15 litrga tushib ketadi. Bu yerda veterinariya xodimining yaxshi tashxis qo‘ya olish qobiliyati juda muhim.

    Hayvonni bog‘lab boqmaslik kerak

    O‘zbekistondagi ko‘pchilik fermalarda hali ham bog‘liq tizim mavjud, ya’ni hayvonlar molxonalarda bog‘lab boqiladi. Ammo, masalan, Yevropaning bir qator mamlakatlarida bu holat qonunan taqiqlangan. Chunki bog‘langan hayvon aziyat chekadi, o‘zining tabiiy xulqini ifoda qilolmaydi va, bundan tashqari, sovuq havoda harakatlanish orqali o‘zini isitib, himoyalana olmaydi. Shu va boshqa sabablarga ko‘ra, Yevropada hayvonlarni bog‘lab boqish taqiqlangan. 

    O‘zbekistonda esa bu jarayon hali ham davom etmoqda. Mutaxassislar hayvon boqishdagi bu metodni sekin-sekin amaliyotdan chiqarib tashlashni tavsiya qiladi. Sababi hayvon o‘zining xulq-atvorini qancha emin-erkin ifoda eta olsa, mahsuldorligi shuncha oshadi.

    Nafas olish tizimi kasalliklari

    Yana bir muhim omil: nafas olish tizimlari shikastlanishi. Bu yuqori namlik ortidan kelib chiqqan kasallik bo‘lib, avvaliga molxonada yuqori darajadagi gazlanish holati yuzaga keladi. Chunki qoramol va mayda shoxli mol fiziologik jarayonda metan ishlab chiqaradi. Ular metan gazni qayta ichiga yutganda esa, nafas olish tizimiga qattiq shikast yetadi. Buning ortidan zotiljam kasalligi rivojlanadi.

    Hozir O‘zbekistonda keng tarqalgan naslli qoramollarning kelib chiqishi shimoliy hayvonlar turiga borib taqaladi. Ular uchun eng yuqori harorat — +13 daraja. Bundan yuqori haroratda ular qiynalishni boshlaydi. Masalan, +25 daraja inson uchun eng yaxshi harorat bo‘lsa, hayvonlar bu temperaturada aziyat chekadi. Harorat hayvonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini nafas olish tezligi orqali aniqlash mumkin. Chunki qoramollar badanini nafas olish bilan sovutadi.

    Chorvani issiqdan qanday himoya qilish mumkin?

    Hayvonlarni issiqlikdan himoya qilishda juda katta xarajat qilish shart emas. Eng oson yo‘li — bostirmani baland qilish. Ya’ni hayvon ustidagi bostirma qancha baland bo‘lsa, shuncha yaxshi. Tomning nishab kelingan pastki nuqtasi kamida 4 metr balandlikda bo‘lishi kerak. Shunda tepadagi qismi 7—8 metr bo‘ladi. 

    Bundan tashqari, ekstremal issiq haroratda qo‘shimcha ventilyatorlardan foydalanish mumkin. Shuningdek, suv purkagichlar orqali namlik yaratib, bu orqali hayvon organizmi sovutiladi.

    O‘zini yaxshi his qilgan hayvon ozuqani tez-tez iste’mol qilishni boshlaydi. Masalan, odatda hayvon bir kunda 38—40 martagacha ozuqa iste’mol qiladi. Ya’ni mol har ozuqaga borganda 2—3 kilogramm yemish yeydi va bu jarayon bir kunda 38 marta takrorlanadi. 

    O‘zini nosog‘lom his qilgan hayvonda esa bu ko‘rsatkich 20—25 martagacha kamayib ketadi. Shu sababli bir borganida 2 kilogramm emas, 5—6 kilogrammlab ozuqa yeyishiga to‘g‘ri keladi va bu hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir qiladi.

    Anomal sovuqda tug‘ilgan buzoqlarni asrab qolish yo‘li bormi?

    Sovuq haroratda hayvon organizmida kuzatiladigan asosiy salbiy oqibatlar quyidagicha: 

    • tana (birinchi galda yelin) muzlab qoladi va o‘tkir massid kuzatiladi;
    • zotiljam, ya’ni nafas olish yo‘llari kasalligi;
    • muzlab qolgan ozuqa va suvni iste’mol qilgan hayvonning oshqozon ichak tizimi yallig‘lanadi. 

    Bundan tashqari, anomal sovuq hukm suradigan vaqtda O‘zbekiston sharoitida hayvonlar orasida tug‘ilish kuzatiladi. Ya’ni yanvar oyidan boshlab aprel oyigacha bo‘lgan vaqt tug‘ilish davri hisoblanadi. Bu davrda buzoqlarni saqlab qolish murakkab jarayon bo‘lib, o‘sha vaqtda tug‘ilgan buzoqlarni birdaniga quritish va issiqroq joyga qo‘yish zarur. Eng asosiysi, ularga issiq va qalin to‘shama qilib berish kerak. Ana o‘shanda buzoqlar o‘zini sovuq kunlarda ham yaxshi his qiladi va o‘sish qobiliyatini ko‘rsatadi.

    28.02.2023, 19:14   Izoh (0)   6395
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Abduqahhor Qosimov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muftiy vazifasiga vijdonan yondashmagan bir necha imom-xatibni ishdan oldi

    28.02.2023, 18:58

    O‘rta Chirchiqda erkak kelishmovchilik sabab onasini uyga kiritmadi (video)

    28.02.2023, 18:42

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-martdan nimalar o‘zgaradi?

    28.02.2023, 17:41

    Namanganda gaz zapravkalar faoliyati to‘xtatilmasligi ma’lum qilindi

    28.02.2023, 17:18

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    28.02.2023, 16:13

    Farg‘onadagi universitetda 145 nafar abituriyent qasddan imtihondan yiqitilgani aniqlandi

    28.02.2023, 15:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.