• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qurilish vazirligi kompaniyalarning ishonchlilik reytingi atrofidagi tanqidlarga munosabat bildirdi

    Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi sohaviy qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini e’lon qilgandi. Unda O‘zbekistonda faqat bitta kompaniya yuqori (75 foiz) ishonchlilik darajasiga ega deya ko‘rsatilgan. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ushbu reyting sabab ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

    Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Telegram’dagi “Troll.uz” loyihasi muallifi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga videomurojaat yo‘llab, nima sababdan 100 foizli sifatni kafolatlay olmaydigan kompaniyalar qurilish ishlari bilan shug‘ullanayotgani to‘g‘risidagi savolni ko‘targan. 

    “Masalan, men choyxona ochdim. Vazirligingizning 10 nafar xodimi kelib, har biri somsa buyurdi. Men kelib, 10 tasidan faqat ikkitasi mazali bo‘ladi, qolgan 8 tasi uchun javob bermayman, dedim. Zaharlanib o‘lishingiz ham mumkin. Mana, qo‘limda SES bergan tegishli hujjat ham bor. Baribir somsa buyurtma berasizmi? Yo‘qmi?”, — deydi Umid G‘ofurov.

    Vazirlik munosabatida keltirilishicha, qurilish tashkilotlarining reytingi — bu sohadagi yuridik maqomga ega soliq to‘lovchi tashkilotlarning sohaviy malaka tajribasidan kelib chiqadi. Bunda iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkichlar, texnik imkoniyatlar, ishning sifati, mehnat xavfsizligi, boshqaruv va sifat standartlari hamda kadrlar siyosati kabi omillarga birlamchi eʼtibor qaratiladi. Inson omilining aralashuviga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Bu jarayonlar idoralararo integratsiya qilingan hamda tashkilotlar o‘rtasida interpolyatsiya mezonlariga asoslangan onlayn baholab borish platformasi hisoblanadi.

    “Biroq videomunosabatda tilga olingan guvohnoma olish masalasida baholash mezoni imtihon topshiruvchining bilimini baholaydi, xolos. Mantiq shundaki, reytingdagi baholash mezonining baʼzi bandlariga ko‘ra qurilish tashkiloti 100 foiz to‘plagani bilan boshqa bandlarga ko‘ra raqiblaridan zaif bo‘lishi mumkin. Aytaylik, qurilish tashkilotining soliq, mehnat, moliya va boshqa bir qator yo‘nalishlarda muammolari bo‘lgani uchun ballari avtomatik tarzda tushib ketishi mumkin. Bu faqatgina vazirlikning birlamchi baholashiga bog‘liq masala emas”, — deyiladi munosabatda.

    Natijada qurilish tashkilotining umumlashgan balli keskin past ko‘rsatkichni qayd qiladi. Buni qurilish tashkilotining texnik salohiyati bilan qorishtirib yuborish xato. Qurilish tashkilotlarining reyting baholash tizimi interpolyatsiya asosida tashkil qilingan. Ball to‘plash jarayoni bir necha tashkilotlarning talabi bilan bog‘liq. Bunda hech qaysi tashkilot 100 foiz natijaga ega bo‘la olmaydi. Sababi har qanday tashkilotda ijobiy va salbiy xulosalar mavjud.

    Qurilish vazirligi “somsaxona” masalasi haqida ham to‘xtalib, reyting baholash tizimi – bu mahsulot sifatini emas, balki “choyxona” faoliyatini yurituvchi yuridik shaxsning yuqorida sanab o‘tilgan talablarga muvofiqligini onlayn baholashini bildirgan.

    “Bu tizimning yana bir qulayligi, odamlar qurilish tashkilotining salohiyatini uning reyting ko‘rsatkichlaridan ham bilib oladi. Bugun uy-joy qurilishi bozoridagi yirik tashkilotlar B toifadagi, yaʼni o‘rta va undan yuqori reytingga egaligini ko‘rishimiz mumkin.

    Shu o‘rinda yana bir hayotiy haqiqatni ta’kidlash o‘rinli. Doim kuchlilarga nisbatan kuchsizroq bo‘lganlar, soddaroq aytsak, imkoniyati kamlar yaratgan mahsulot sifatsiz yoki yaroqsiz bo‘lavermaydi. Maktabda past bahoga o‘qigan o‘quvchi o‘g‘ri yoki muttaham bo‘lavermaydi, balki aksincha. Mahsulot sifatini unga qo‘yilgan talab, yaʼni standart belgilaydi, ishlab chiqaruvchining imkoniyati yoki salohiyati emas”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

    27.02.2023, 11:35   Izoh (0)   7350
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qurilish vazirligining 143 nafar xodimi javobgarlikka tortiladi

    26.06.2022, 20:55

    O‘zbekistondagi uylar zilzilaga bardoshliligiga kim kafolat beradi? Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi aniqlik kiritdi

    08.02.2023, 13:39

    Sardor Umurzoqov Qatar amiriga Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi

    27.02.2023, 11:10

    “Iste’molga yaroqsiz, zararlangan”. Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga sifatsiz oziq-ovqatlar berilgani aniqlandi

    27.02.2023, 10:52

    “O‘zavtoyo‘lbelgi” mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    27.02.2023, 10:28

    O‘zbekiston Transport vazirligi Belarus orqali Polshaga yuk tashuvchilarga murojaat bilan chiqdi

    27.02.2023, 10:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.