Qozog‘iston Mudofaa vazirligi mamlakat Ukrainaga harbiy texnika yuborilgani haqida internetda tarqalgan xabarlarni rad etdi. Vazirlikning Telegram sahifasida tegishli munosabat e’lon qilindi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston harbiy texnikasi Ukrainaga yuborilgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Video arxivlangan, chunki zirhli texnikalar rejali ta’mirlashga jo‘natilgan va harbiy texnika hozirda omborda”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan tashqari, 2022-yilning 27-avgustidan boshlab Qozog‘istondan qurol-yarog‘ va harbiy texnika olib chiqishga taqiq joriy qilingan. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Olmaota yo‘llari bo‘ylab zirhli texnikalar harakatlanayotgani aks etgan video tarqatilgan.
2022-yil Qozog‘iston harbiylari Ukrainadagi urushga jalb qilinishi haqida xabar tarqalgandi. O‘shanda Qozog‘iston mudofaa vaziri o‘rinbosari Sulton Kamaletdinov bu ma’lumotni rad etgan. Vazirlik parlamentning tegishli qarori qabul qilinmaguncha vazirlik muayyan davlatga harbiy kontingent yuborish vakolatiga ega emasligini bildirgan. Qozog‘iston Mudofaa vazirligi bu borada muzokaralar olib borilmayotganini qayd etgan.
Izoh (0)