• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo kundaligi”da 27-fevral kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 27-fevralda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e‘tiboringizga havola etadi.



    Qrimdan boshlangan mojaro Qrimning qaytarilishi bilan yakunlanadimi? 

    Ukraina prezidenti o‘z sahifasida 2014-yilda Qrim parlamenti binosi yonida bo‘lib o‘tgan mitingga bag‘ishlab xabar joylashtirdi.

    “Rossiya agressiyasi to‘qqiz yil avval Qrimdan boshlangandi. Qrimni qaytarish orqali biz tinchlikni tiklaymiz. Qrim ozod bo‘ladi!” — deyiladi Zelenskiyning postida.

    2014-yilning 26-fevralida rossiyaparast va ukrainaparast faollar Simferopoldagi parlament binosi yaqinida keng ko‘lamli mitingga to‘planishgan. Ikkinchi guruhga qrim-tatar xalq majlisi boshchilik qilgan. Miting ishtirokchilari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tib, o‘ttizga yaqin kishi yaralangan, ikki kishi halok bo‘lgan. Mana shu aksiyadan bir oy o‘tmay, Rossiya Qrimni anneksiya qildi.

    Qurollarni tarqatmaslik shartnomasining to‘xtatilishi ortidan yangi harbiy mashg’ulotlar e’lon qilindi.

    Hozirda bir qator ukrainalik harbiylar va g‘arb ekspertlari Ukraina 2023-yil davomida Qrimni ozod qila oladi, deb hisoblamoqda. Biroq bunga erishish uchun G'arb davlatlari Ukraina Qurolli kuchlariga kerakli barcha qurollarni yetkazib berishlari zarurligi ta’kidlanadi.

    Eslatib o‘tamiz ayni vaziyatda Vladimir Putin Rossiyaning Strategik hujum qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadagi ishtirokini to‘xtatgan. 

    Ushbu jarayonda Germaniya Putinga signal sifatida AQSH va Polsha bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishini e’lon qildi

    Xitoyning “tinchlik rejasi” qanday maqsadni ko‘zlagan, Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi harbiy mojaro shubha ostida

    Ukrainada urush boshlanganining bir yilligi munosabati bilan Pekin 12 banddan iborat “tinchlik rejasi”ni e’lon qilgandi. Unda Xitoy tomoni, xususan, barcha davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish, sovuq urush mentalitetidan voz kechish, harbiy harakatlarni to‘xtatib muzokaralarni qayta boshlashni va bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilish takliflarini bergan.

    Shundan so‘ng, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi “xitoylik do‘stlarining Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga hissa qo‘shishga bo‘lgan samimiy istagini” qadrlashini bildirdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Pekin takliflarini tinchlik rejasi sifatida ko‘rmadi. “Menimcha, Xitoy bu borada o‘z fikrlarini bildirganga o‘xshaydi”, — degan Ukraina rahbari. “Xitoy mojaro haqida gapira boshlagani yaxshi, boshqa savol esa — bu so‘zlar ortida nima bor?”

    AQSH prezidenti Jo Bayden Xitoyning tinchlik rejasini faqat Rossiya uchun foydali deb atadi. Germaniya kansleri Olaf Shols esa takliflarda Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqish bandi yo‘qligiga e’tibor qaratgan.

    Ayni vaziyatda Rossiyaning Ukrainadagi tajribasini hisobga olgan holda, Xitoy yetakchisi Tayvanga bostirib kirish rejasini amalga oshirish mumkinligiga shubha qilmoqda. Bu haqda AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Berns CBS telekanalidagi intervyusida aytdi.

    “Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi tajribasini Si Szinpinchalik diqqat bilan kuzatayotgan xorijiy yetakchi yo‘q”, — dedi Berns.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy rahbarining Tayvan ustidan yakuniy nazoratni qo‘lga kiritish haqidagi ambitsiyalari juda jiddiy qabul qilinishi kerak, ammo “bu harbiy mojaro hozircha muqarrar degani emas”.

    O‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchilar Transport vazirligi tomonidan ogohlantirildi

    O‘zbekiston Transport vazirligi Belarus orqali Polshaga avtotransportda xalqaro yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarni ogohlantirdi.

    Qayd etilishicha, Polsha Ichki ishlar vazirligining tegishli qarori bilan 21-fevraldan Belarus bilan “Kukuriki—Kozlovichi” chegarasi orqali barcha yuk avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakatlanishi noma’lum muddatga to‘xtatilgan.

    Hozirga kelib ushbu chegarada xorijiy mamlakatlar yuk tashuvchi transportlari to‘planib qolgan.Vaziyatni kuzatadigan bo‘lsak , avvalroq Polsha Belarus bilan chegaradagi eng yirik nazorat-o‘tkazish punktlaridan biri Bobrovnikini ham yopgan edi.

    Polsha ichki ishlar vaziri Kaminskiyning ta’kidlashicha, bunday qaror “davlat xavfsizligi manfaatlaridan kelib chiqqan holda” qabul qilingan. Eslatib o'tamiz, bulardan tashqari hozirgacha, Belarus va Polsha o‘rtasidagi yana 3 ta chegara yopilgan 

    O‘zbekiston transport vazirligi “Shu munosabat bilan milliy tashuvchilardan Yevropa mamlakatlariga yuk tashuvlarini amalga oshirishda ushbu holatni inobatga olishlarini so‘radi.

    Ta’kidlanishicha, hozirda o‘zbek milliy tashuvchilari yuk transportlarini Litva chegarasi orqali to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlash uchun muzokaralar olib borilmoqda.

    Yevropa davlatlariga harakatlanayotgan milliy tashuvchilarda ushbu vaziyat yuzasidan savollar tug‘ilsa quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin: +998 (71) 202-05-01 (114) +998 (97) 709-16-00.

    27.02.2023, 22:03   Izoh (0)   13400
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi  

    27.02.2023, 21:17

    Qozog‘iston Ukrainaga harbiy texnika yuborgani haqida xabar tarqaldi. TIV munosabat bildirdi 

    27.02.2023, 20:54

    “Tolibon” Eron chegarachisini hibsga olib, uni kaltakladi (video)

    27.02.2023, 20:20

    AQSH razvedkasi Putinni kelajakda nimalar kutishini prognoz qildi

    27.02.2023, 18:37

    Eron ilk bor Shahed-149 kamikadze dronining uchishini ko‘rsatdi: u qanday xususiyatga ega? (video)

    27.02.2023, 17:51

    Oq uy Baydenning “Ukrainaga F-16 qiruvchilari hozir kerak emas” degan so‘zlarini tushuntirdi

    27.02.2023, 17:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.