• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tirilib kelib, tenderni yutgan korxona, o‘zaro afillangan tadbirkorlar, 15 ta mahalla uchun quyosh panellari — 25-fevral tenderlari tafsiloti

    25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida 50 dan ortiq tenderlar amalga oshirildi. “Daryo” muxbiri Abduqahhor Qosimov hujjatlarni monitoring qilib, eng e’tiborga molik savdolar haqida ma’lumot beradi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tenderni amalda faoliyatini tugatgan korxona yutib oldi

    Toshkent viloyati Yangiobod tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi muassasaga mebel jihozlari xarid qilish uchun tender o‘tkazdi. Tenderning boshlang‘ich narxi — 90 million so‘m.

     

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    Unda ikkita korxona: Universe Build va Delta Smart MCHJlar qatnashdi. Komissiya a’zolarining yakuniy natijalariga ko‘ra, taqriban 85 ball yiqqan Universe Build g‘alaba qozondi, Delta Smart esa zaxira g‘olib deb topildi.

    Skrin: Statistika agentligi

    Ochiq ma’lumotlarni kuzatish jarayonida qiziq holatga duch keldik. Ya’ni, Statistika agentligiga ishonadigan bo‘lsak, tenderni yutib olgan Universe Build amalda faoliyatini to‘xtatgan.

    Tadbirkorlik subyekti rahbari Tojiboyev Nuriddinning boshqa tashkilotlarga aloqadorligi bo‘yicha ma’lumotlar topilmadi.

    15 ta mahalla uchun quyosh panellari

    Toshkent viloyati Bekobod shahri mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi umumiy boshlang‘ich qiymati 450 million so‘m (har biri 30 million so‘mdan) bo‘lgan naq 15 ta tender o‘tkazdi. Bundan maqsad — shahardagi mos ravishda 15 ta tumanga quyosh panellari o‘rnatish.

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    Tenderda uchta tadbirkorlik subyekti ishtirok etdi: Art-Home-Servis, Everest Gold Stroy va Bekobod-Perfect-Group MCHJlar. Korxonalar munosib raqobat taqdim etganiga qaramay (uchala ishtirokchi ham tenderlarda 90 dan yuqori ballar to‘plagan), ularning 13 tasini Art-Home-Servis yutib ketdi. Shartnoma summasi 29 million 490 ming so‘mga kelishildi.

    Skrin: Xarid komissiyasi bayonnomasi

    Qolgan ikkita tender esa Everest Gold Stroy’ga nasib etdi. U shartnomani 29 million 971 ming so‘mdan pastga tushirmadi.

    Tadbirkorlik subyektlari rahbarlari o‘rtasida afillanganlik holatlari, g‘olib ishtirokchilar va komissiya a’zolari o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari haqida ma’lumot aniqlanmadi.

    O‘zaro aloqador tadbirkorlarning “raqobati”

    Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti Namangan viloyati hududiy bo‘limi kompyuterlar, printer, shaxsiy va uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash xizmati uchun boshlang‘ich narxi 14 million 300 ming so‘m bo‘lgan tender o‘tkazdi. Unda New-Supplier va Magic Star MCHJlar ishtirok etdi.

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    Xarid komissiyasi a’zolarining yakuniy baholariga ko‘ra, tenderni 98 ball bilan Magic Star yutib olgan. 91 ball to‘plagan New-Supplier esa zaxira g‘olib sifatida ikkinchi o‘rinni egallagan.

    Skrin: Xarid komissiyasi bayonnomasi

    Tender ishtirokchilarining rahbariyati bilan tanishamiz.

    Skrin: Statistika agentligi

    Unga ko‘ra, g‘olib MCHJning ta’sischilari Ubaydullayev Azim Hasanovich va Nasriddinov Xayrullo Hamidullayevich hisoblanadi.

    Skrin: Statistika agentligi

    Zaxira g‘olibning ta’sischisi Boltaboyeva Shahlo Mo‘minqulovna. Rahbari esa Davlataliyev Abdumo‘min Tursunpo‘latich.

    Ushbu tadbirkorlarning boshqa bizneslari, tenderda ishtirok etmagan, lekin ularga aloqador bo‘lgan korxonalarni ko‘zdan kechiramiz.

    Skrin: Statistika agentligi

    Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Magic Star MCHJ rahbari bo‘lgan Azim Ubaydullayev Magic Sales nomli MCHJ ta’sischilaridan biri ham hisoblanadi. E’tiborlisi, xuddi shu kompaniya rahbari — tenderda Azim Ubaydullayevga yutqazgan New-Supplier’ning rahbari Abdumo‘min Davlataliyev.

    Skrin: Statistika agentligi

    Bundan tashqari, Magic Star’ning boshqa ta’sischisi Xayrullo Nasriddinov aloqador bo‘lgan korxonalar qatorida yana bir tanish nomni ko‘rdik — Magic Star Plus Servis.

    Xayrullo Nasriddinov bu korxonaning 100 foizlik ta’sischisi hisoblanadi. Rahbari esa... uning tenderdagi “raqibi” bo‘lgan yana o‘sha Abdumo‘min Davlataliyev.

    Mas’ullardan ushbu shubhali tenderlar natijalariga e’tibor qaratib, noqonuniy holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni so‘raymiz.

    25.02.2023, 22:53   Izoh (1)   10054
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Abduqahhor Qosimov

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 159777971@telegram.org / 26.02.2023, 00:00

      Toshkent viloyatida Yangiobod tumani yo'q

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qishloq xo‘jaligi vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi

    25.02.2023, 22:02

    “Bolasini bag‘riga bosib jon bergani, eng ta’sir qilgani bo‘ldi” — Turkiyadan qaytgan o‘zbek qutqaruvchi

    25.02.2023, 22:00

    O‘zbekiston “spetsnaz”i Dubaydagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

    25.02.2023, 21:59

    Toshkentda oxirgi 5 yilda birorta ham bola o‘g‘rilash holati sodir bo‘lmadi

    25.02.2023, 21:25

    AQSH bosh diplomati Toshkentga kelmoqda. Tashrif sabablari haqida jurnalist Navbahor Imomova bilan suhbat (video)

    25.02.2023, 21:01

    Maktab imtihonini oldindan topshirganlar darslarga bormasligi to‘g‘risidagi xabar rad etildi

    25.02.2023, 20:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.