Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi aholisi 2023-yilning 6-fevral kuni 7 magnitudadan ortiq zilzilani boshdan kechirdi.
O‘ndan ortiq hududlarda sodir bo‘lgan yer silkinishi Turkiyaga 44, 200 dan ortiq qurbonlar olib keldi. Shu bilan birga vayronalar ostida tirik qolganlar hali qutqaruvga muhtoj edi...
Prezident topshirig‘i bilan 7-fevral kuni O‘zbekistondan yo‘lga chiqqan qidiruv-qutqaruv guruhi 2 hafta davomida tabiiy ofat o‘chog‘i bo'lgan Hatay viloyatida bo‘ldi. Bugun 100 nafardan iborat guruh o‘z vazifasini bajarib uyga, ya‘ni O‘zbekistonga qaytdi.
Qutqaruvchilarning safari qanday o‘tdi, kasb mas‘uliyati va insoniylik yordami ularda qanday kechinmalarga sabab bo’ldi?
“Daryo.uz” jamoasi Turkiyadan qaytgan o‘zbekistonlik qutqaruvchilardan jarayon tafsilotlarini o‘rgandi
Izoh (0)