• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan 250 nafar bola sog‘aydi”. Andijonda bolalar o‘limi keskin kamaygani aytilmoqda

    O‘zbekiston prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “2022—2026-yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida onalar va bolalar o‘rtasida kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va sog‘lomlashtirish dasturlarini amaliyotga joriy etish belgilangan. “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov mazkur sohadagi o‘zgarishlarni Andijon viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi misolida o‘rgandi.

    “Operatsiyalarni o‘z vaqtida qilish imkoniyati yaratildi”

    Maʼlumot berilishicha, markaz uchun 2021-yilda zamonaviy qiyofaga ega, to‘rt qavatli, jami 540 o‘rinli bino taʼmirlanib, qayta qurilib, foydalanishga topshirilgan. Turli xastaliklarni davolashga ixtisoslashgan binolarda qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun qariyb 18 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Binolar eng zamonaviy, ilg‘or tibbiy jihoz hamda vositalar bilan taʼminlangan. Ushbu tibbiy markazda yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazilishi ham yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, murakkab yurak operatsiyalari, plastik jarrohlik muolajalari amalga oshirilmoqda.

    Markazning neyroxirurgiya bo‘limi mudiri Tohirjon Ortiqovning aytishicha, ushbu bo‘limning tashkil etilishi natijasida bosh va orqa miya tug‘ma nuqsonlari hamda xastaliklari bilan og‘rigan bolajonlarni davolash sifati ortgan.

    Tohirjon Ortiqov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Neyroxirurgiya bo‘limi yigirma o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 2020-yilda tashkil etilgan. Ungacha travmatologiya bo‘limi tarkibida bo‘lgan. Bo‘limda bosh va orqa miya tug‘ma nuqsonlari hamda xastaliklari bilan aziyat chekayotgan 18 yoshgacha bo‘lgan bemor bolalar davolanadi. Qayd etish lozim 2020-yilga qadar neyroxirurgiya xizmati ko‘rsatishda jiddiy kamchiliklar bo‘lgan. So‘nggi ikki yil davomida tibbiyot sohasida qilinayotgan islohotlar natijasida bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifati ortdi. Ularning statsionar tartibda davolanishlari uchun sharoit va qulayliklar yaratildi. Ungacha bo‘lim travmatologiya bo‘limi tarkibida bo‘lgani uchun muolaja jarayonlarini amalga oshirish qiyin bo‘lgan. Boisi bitta xonada turli kasalliklar bilan og‘riyotgan bemorlar yotardi. Natijada ayrim bemorlar eʼtiborsiz qolib ketishi kabi holatlar kuzatilardi. Bundan tashqari 2020-yilgacha bemorlarni davolashda bor imkoniyat hisobga olingan. Yetarli darajada tibbiy jihozlar mavjud bo‘lmaganligi uchun operatsiya jarayonlarida ham qiyinchiliklar bo‘lardi.

    Bo‘lim tashkil etilishi natijasida bemorlarning navbat yoki joy kutish muammolari bartaraf etildi. Shuningdek, operatsiyalarni o‘z vaqtida qilish imkoniyati yaratildi. Misol uchun, 2020-yilga qadar bir yil davomida ko‘pi bilan 400-500 nafar bemor davolangan bo‘lsa, keyingi ikki yil bir yilda o‘rtacha 800 nafardan ortiq bolajonlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi taʼminlanmoqda”, — deydi Tohirjon Ortiqov.

    “Tug‘ma yurak nuqsoni bilan og‘rigan bemorlarda ochiq turdagi operatsiyalar o‘tkazilmoqda”

    Andijon viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining bolalar kardiojarrohlik bo‘limiga 2020-yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda viloyat hokimligi ko‘magi bilan joriy yilda zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar olib kelingan. Ilmiy-amaliy operatsiyalarni xalqaro andozalarga mos ravishda o‘tkazish imkonini beradigan sunʼiy qon aylanish apparati o‘rnatilgan. Apparat yordamida to‘xtatilgan yurakda ochiq jarrohlik amaliyoti bajarilmoqda.

    “Markazimizda 2012-yildan yurak tug‘ma nuqsonlari bo‘yicha operatsiyalar yo‘lga qo‘yilgan. Unga qadar Andijonda bu turdagi jarrohlik amaliyotlarini bajarish imkoni bo‘lmagan. Respublika bo‘yicha faqat ikkita tibbiyot muassasasida buning imkoni bo‘lgan, xolos. 2012-yildan 2020-yilga qadar operatsiyalar yopiq tarzda amalga oshirilgan. Unda yiliga 20-30 nafar bemorlarni sog‘lom hayotga qaytarganmiz.

    2014—2016-yillarda kardioxirurg va anestiziolog mutaxassislari malaka oshirib o‘z bilimlarini boyitishdi. 2020-yilda sunʼiy qon aylanish apparati o‘rnatildi. Shundan so‘ng markazda ushbu kardiojarrohlik bo‘limi ochilib, yuqori tehnologiyali asbob uskunlar bilan taʼminlandi. Natijada bemorlarni ochiq turdagi operatsiyalarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Avvalari ochiq turdagi operatsiyalar bo‘yicha Toshkentga yoki chet elga, jumladan Hindistonga borilardi. Yuqori texnologiyali apparaturalarning olib kelinishi natijasida bemorlar o‘zlari yashaydigan joyda, viloyatida operatsiya qilinmoqda. Shu kunga qadar 250 dan ortiq bemorlarda tug‘ma yurak nuqsoni bilan ochiq turdagi operatsiyalar o‘tkazilib sog‘lom hayotga qaytarildi.

    Qayd etish lozim, bo‘limning ochilishi va bunday turdagi apparaturalarning keltirilishi natijasida bemorlarga ham har tomonlama qulaylik yaratildi. Endilikda ota-onalar farzandlarini uzoqqa olib borishlari shart emas. Oldinlari hamma narsa tibbiy jihozlarga bog‘liq bo‘lib, nafaqat bemorlar, balki biz shifokorlarning ham ish samaradorligimizga taʼsir qilar edi. Chunki murojaat qilib kelgan ota-onalar farzandim daʼvosi yo‘q kasallikka chalinganmikan, boshqa chora yo‘qmikan degan o‘ylar bilan ortga qaytishardi. Hammaning ham xorijda yoki poytaxtda operatsiya qildirishga moliyaviy imkoniyati yetmas edi”, — deydi Odiljon Sotvoldiyev.

    “Bolalar o‘limi o‘tgan yilda 2021-yilga nisbatan 18 taga kamaygan”

    Markazning maslahat-diagnostika bo‘limi mudiri, oliy toifali shifokor Muyassarxon Nazarovaning aytishicha, so‘nggi yillarda markazda tashkil etilgan yangi bo‘limlar sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni taʼminlash bilan birga bolalarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan nogironlikning erta oldini olish va bolalar o‘limi sonini kamaytirishga xizmat qilmoqda.

    “So‘nggi yillarda markazimizda o‘nga yaqin yangi ixtisoslashgan bo‘limlar tashkil etildi. Misol uchun 2021-yildan faoliyat ko‘rsatib kelayotgan kardiojarrohlik, neonatal xirurgiya, yuz-jag‘ jarrohlik, plastik jarrohlik va boshqa bir qator bo‘limlarimiz hisoblanadi. Bundan maqsad shu ilk yoshdagi yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi tug‘ma jarrohlik kasalliklarini aniqlab, ularni respublikaga yoki boshqa joylarga jo‘natmasdan o‘zimizda davolanishlari samarali davolash hisoblanadi. Bundan tashqari bolalar uchun gemotologiya va onkologiya bo‘limlarining tashkil qilinganligi bolalar kerakli muolajalarni o‘zimizda olib, erta oyoqqa turishiga, davolanish oraliqlarini kamayishiga erishilmoqda.

    Zamonaviy bino va tibbiy-jihozlar bilan taʼminlanishimiz natijasida respublika ixtisoslashgan markazlariga yo‘llanma berish kamaygan. Misol uchun 2021-yilda 1067 nafar bemor bola Toshkentga yuborilgan bo‘lsa, 2022-yilda bu son deyarli 400 taga kamaygan. Yaʼni o‘tgan yili 670 nafa bemor respublika tibbiyot markazlariga yuborilgan. Ushbu amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar natijasida bolalar o‘limi soni sezilarli darajada kamaygan. Misol uchun 2021-yilda bolalar o‘limi soni 199 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda 18 taga kamaygan. Bu ko‘rsatkich ancha samarali ko‘rsatgich hisoblanadi. Kelgusida ham yaratilgan sharoitlardan kelib chiqib, bolalarga sifatli tibbiy hizmat ko‘rsatishni kuchaytirish, ulardagi nogironlikni erta oldini olish va erta o‘lim sonini kamaytirish bor bilim va mehnatimizni ayamaymiz”, — deydi Muyassar Nazarova.

    Muyassar Nazarova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “O‘lim bilan bog‘liq holat tug‘ma nuqsoni bor chaqaloqlarga to‘g‘ri kelmoqda”

    Markazning chaqaloqlar bo‘limi bosh shifokori Ruxsora Sayfuddinovaning maʼlum qilishicha, so‘nggi yillarda markazning zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlanishi natijasida chaqaloqlar o‘limi 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 8 taga kamaygan.

    “Viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi tarkibida 2014-yil noyabr oyidan faoliyat olib boryapmiz. Unga qadar shahar bolalar shifoxonasida kasallikka moyil chaqaloqlar bo‘limida faoliyat yuritganmiz. O‘ttiz o‘rinli chaqaloqlar bo‘limi edi. Rekonstruksiya munosabati bilan barcha mutaxassislar bir joyga jamlanib, natijada barcha viloyatlarda ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari tashkil qilindi. Bu esa har tomonlama bemorlarga yordam berishga qulayliklar yaratdi. Chunki, deyarli barcha mutaxasislar bir joyga jamlangandi. 2014-yildan beri 2022-yilga qadar chaqaloqlar bo‘limi bosqichma-bosqich barcha tibbiy jihozlar bilan taʼminlandi. Shuningdek, chaqaloqlar uchun jonlantirish bo‘limi tashkil etildi. Bu yerda chaqaloqlar uchun QUVEZlar, IVL va fototerapiya apparatlari olib kelindi. Bularning hammasi chaqaloqlarga mukammal tibbiy yordam ko‘rsatish uchun xizmat qilmoqda.

    Natijada chaqaloqlar o‘limi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar kamayib bormoqda. Misol uchun, 2021-yilda viloyatimizda 52 nafar chaqaloq o‘limi qayd etilgan bo‘lsa, 2022-yilda ushbu ko‘rsatkich 44 nafarni tashkil etmoqda. Yaʼni, 8 taga kamaygan  Biz bor bilim va harakatlarimizni ushbu ko‘rsatkichni yana-da kamaytirishga, chaqaloqlar hayotini saqlab qolishga harakat qilmoqdamiz. Biroq qayd etish lozim, o‘lim bilan bog‘liq holatlar asosan 38 foiz tug‘ma nuqson bilan tug‘ilgan chaqaloqlarga to‘g‘ri kelmoqda. Bu hayot uchun, yashashga layoqatsiz chaqaloqlar degani”, — deydi Ruxsora Sayfuddinova.

    Ruxsora Sayfuddinova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Ruxsora Sayfiddinovaning taʼkidlashicha, shifokorlar tomonidan tumanlarda ham kasallikka moyil chaqaloqlar bo‘limini ochish tashabbusi bilan chiqilgan va bu tashabbus vazirlik hamda hokimliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

    “Hozirga qadar kasallikka moyil chaqalog‘i bor ota-onalar viloyat markaziga kelishga majbur bo‘ladi. Bu esa ularga birinchi yordam ko‘rsatishda qiyinchiliklar tug‘dirishi tabiiy. Shu sababli biz respublika miqyosida barcha tumanlarda kasallikka moyilligi bor chaqaloqlar bo‘limi ochilishini yoki shifoxonalarda maxsus o‘rinlar tashkil qilinishi bo‘yicha tashabbusi bilan chiqdik. Ushbu tashabbus viloyat va respublika darajadagi rahbarlar tomonidan tasdiqlandi. Shunga ko‘ra, tumanlardan birin ketin kasallikka moyil chaqaloqlar uchun bo‘limlar ochilmoqda. Natijada davolanishi qiyin bo‘lgan chaqaloqlarga darhol yordam ko‘rsatilib, ularning hayotini saqlab qolishga erishilmoqda O‘tgan yilning o‘zida Buloqboshi va Qo‘rgontepa tumanlarida bo‘limlar tashkil qilindi”, — deydi Ruxsora Sayfiddinova.

    24.02.2023, 20:07   Izoh (0)   3422
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Umidjon Mamarasulov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoylik amaliyotchi olimlar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga maslahatchi sifatida ish boshlaydi

    24.02.2023, 19:51

    “Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi xato, aslida”, “Rossiya haq”, “Putinning jahli chiqqan-da”: O‘zbekistonliklar Rossiya—Ukraina urushi haqida

    24.02.2023, 19:28

    “Anomal sovuqda shamollab qolgan ekan”. Farg‘ona hayvonot bog‘idagi jirafaning o‘limiga ochlik sabab bo‘lgani rad etildi 

    24.02.2023, 19:12

    MIBning ikkita viloyat boshqarmasiga rahbarlar tayinlandi

    24.02.2023, 19:06

    Uy-joyli bo‘lish huquqi, ishsizlikdan himoya, adolatli soliq va yig‘imlar, hokimlar vakolati qisqarishi — Konstitutsiyaviy qonun loyihasi takomillashtirilmoqda

    24.02.2023, 18:51

    Prezident Qashqadaryoda televizor ishlab chiqaradigan korxona faoliyati bilan tanishdi

    24.02.2023, 18:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.