Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi “Buyuk turon” kichik sanoat zonasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, bu yerda hozircha 2 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, 500 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. 2023-yil oxiriga qadar yana 2 ta loyiha ishga tushiriladi va umumiy ish o‘rinlari soni 1 ming 500 taga yetadi.
2022-yili faoliyat boshlagan “Alp Texno Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati yiliga 120 ming dona televizor va monitorlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona JVC, TCL, Zimmer va boshqa brendlarning auditidan o‘tib, shu nomlar ostida tashqi bozorga chiqmoqda. 2022-yili 3 million dollar mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 6 million dollarga yetkazish reja qilingan.
Maʼlum qilinishicha, bu yerda 70 ta ish o‘rni yaratilgan. Yaqinda plata terish hamda plastik qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va yana 30 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Prezident elektrotexnika mahsulotlari, ularni ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi, korxona ishchilari bilan suhbatlashdi.
Izoh (0)