Toshkentning Yakkasaroy tumanida 4 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda IIBB YHXB matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 26-avgust kuni soat 14:30 larda Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida Zeekr, Matiz, VAZ-2105, Nexia-2 rusumli avtotransport vositalari ishtirokida o‘zaro to‘qnashuvi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Yuz bergan to‘qnashuv natijasida jabrlangan Zeekr mashinasi haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkentda shu kabi avtohalokat joriy yilning 1-avgust kunida ham sodir bo‘lgandi. Unda Yangihayot tumani, Choshtepa ko‘chasida 10 ta mashina to‘qnashuvi natijasida YTH sodir bo‘lgan va hech kim tan jarohati olmagan.
Izoh (0)