Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 24-fevral kuni Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida davlat rahbari mahallalar hayoti, taʼlim muassasalari va sanoat korxonalari faoliyatini ko‘zdan kechiradi. Yangi loyihalar ishga tushirilib, viloyatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev oxirgi marotaba 2022-yil 21-aprel kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurgandi. O‘shanda davlat rahbari Koson tumanidagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” mavzesi uylarini borib ko‘rdi. “Yashirmayman, men pul bilan keldim”, degandi Shavkat Mirziyoyev ko‘kdala tumaniga borganida.
Izoh (0)